“Chorvoq”da cho‘milish taqiqlanishi mumkin

© Sputnik / StringerPlyaj zoni otdixa "Charvak oromgoxi" ("Piramidi")
Plyaj zoni otdixa Charvak oromgoxi (Piramidi) - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
“Chorvoq” suv omborining qirg‘og‘i perimetri bo‘ylab aholining cho‘milishi qat’iyan taqiqlash taklif qilinmoqda. Bu suv ombori havzasining sanitariya muhofazasini yaxshilashi kerak.

TOShKENT, 10 avg — Sputnik. “Chorvoq” suv omborida cho‘milish ham taqiqlanishi mumkin. Favqulodda vaziyatlar vazirligi mazkur suv ombori havzasining sanitariya muhofazasini yaxshilash chora-tadbirlari to‘g‘risidagi Hukumat qarori loyihasini muhokamaga qo‘ydi.

Charvakskoe vodoxranilishe - Sputnik O‘zbekiston
O‘zbekistonning o‘zini "Oltin halqa"si paydo bo‘ladi

Hujjatda yozilishicha, Toshkent viloyatining Bo‘stonliq tumanida joylashgan “Chorvoq” suv ombori Toshkent shahri va Toshkent viloyati aholisini ekologik jihatdan toza va sifatli ichimlik suvi bilan  ta’minlashda strategik ahamiyatga ega. So‘nggi yillarda suv omborida to‘planayotgan suvning sanitariya-gigiyenik holati maishiy va kimoviy chiqindilar tashlanishi sababli tobora yomonlashib bormoqda.

Shuningdek, “Chorvoq” joylashgan hudud relyefining murakkabligi, suvning 220 metrdan chuqurligi hamda suvda suzuvchi transport vositalaridan foydalanish, aksariyat holatlarda aholi tomonidan cho‘milish qoidalariga rioya etilmasligi cho‘kish bilan bog‘liq noxush holatlarga olib kelgan. 

Xususan, 2 ta skuterning to‘qnashishi oqibatida 2017-yilda 2 nafar va 2015-yildan 2020-yilning iyul oyiga qadar 8 nafar fuqarolar cho‘kish oqibatida vafot etgan, deya statistikani keltirgan FVV.

“2020 yil 1-avgustdan boshlab Toshkent viloyatining Bo‘stonliq tumanida joylashgan “Chorvoq” suv omborida jismoniy va yuridik shaxslarga tegishli bo‘lgan motorli qayiqlar, katerlar, yaxtalar, gidrotsikl va boshqa suzuvchi vositalardan foydalanish hamda plyajlar tashkil etish va suv omborining qirg‘og‘i perimetri bo‘ylab aholining cho‘milishi qat’iyan taqiqlansin”, - deyilgan hujjatda.

Faqat maxsus vazifalarni bajarish vakolatiga ega vazirlik va idoralarga o‘z motorli qayiqlaridan foydalanishlariga ruxsat berish taklif qilinmoqda.

FVV va IIV tomonidan yuqoridagi talablarga rioya etilishi bo‘yicha profilaktik tadbirlarni kuchaytirish ham taklif etilmoqda.

Qonun loyihasi 23-avgustga qadar muhokama qilinadi.

Eslatib o‘tamiz, Hukumatning joriy yil 10-iyuldagi qarori bilan “Chorvoq”da motorli qayiqlar, katerlar, yaxtalar, gidrotsikl va boshqa suzuvchi vositalardan foydalanish taqiqlangan edi.

Yangiliklar lentasi
0