TOShKENT, 5 avg - Sputnik. O‘zbekistonning birinchi prezidentining kenja qizi Lola Karimova-Tillyayeva Gollivud Xillzda uchta dang‘illama uyni sotuvga qo‘ydi.
Bu Los-Anjeles (AQSh)ning eng nufuzli hududlaridan biridir. Har bir uyning bahosi 5,9—6,5 million dollar atrofida.
Dirt nashri xabariga ko‘ra, er-xotin Tillayevlar ko‘chmas mulkni 2014-yilning yozida xarid qilishgan. O‘shanda ular villalar uchun 16,1 million dollarga yaqin mablag‘ sarflaganlar. Hozirda sotuvdan er-xotin 18,9 million dollar olishni rejalashtirmoqda.
Birinchi villa
Birinchi turar-joy - sotuvga qo‘yilgan villalar orasida eng qimmatbahosi. U taxminan 6,495 million dollarga baholangan.
2007-2014 yillarda uch qavatli villa NFL sobiq yulduzi Reji Bush va uning sobiq ma’shuqasi Kim Kardashyanga tegishli bo‘lgan.
Uyda shohona kinoteatr bor.
Yotoqxonalarning biridan Gollivud adirlari ko‘rinib turadi - g‘aroyib manzara. Uyda jami uchta yotoqxona bor Vsego v dome tri spalni.
Shohona vannaxona ham e’tirofga loyiq. Bunday xonalar soni villada kamida beshta.
Shuningdek, uyda lift, basseyn va spa singari boshqa qulayliklar ham bor.
Ikkinchi villa
Ikkinchi villani er-xotin 6,395 million dollarga pullamoqchi.
Uy marokash stilida qurilgan.
Bunda mayda detallar - svetilniklardan tortib, eshiklar ochilishi kabilargacha e’tibor qaratilgan.
Nashr yozishicha, turar-joy to‘rtta yotoqxonaga ega va suratda ko‘rib turganingiz ulardan biridir.
Bundan tashqari, villa beshta vannaxonaga ega.
Kechalari qasrdan Gollivudning ajabtovur manzaralarini tomosha qilish mumkin.
Uchinchi villa
Uchinchi boshpana - sotuvga qo‘yilgan villalar orasida eng arzonidir. U 5,995 million dollarga baholangan.
Uy sokin va kamtarona uslubda bezatilgan.
Bu turar-joy ham oldingisi singari to‘rtta yotoqqa ega.
Turar-joy shohona hayot kechirish uchun barcha qulayliklarga ega: orqa hovlida basseyn, barbekyu, kamin va ko‘plab boshqa qulayliklar bor.
Shuningdek, sehrli manzara ochiladigan shinam veranda ham mavjud.
Ta’kidlanishicha, so‘nggi yillar mobaynida villalar ijaraga berilgan. Na Lola Karimova-Tillyayeva, na uning turmush o‘rtog‘i bu uylarda yashashmagan.