AQShda ishlab chiqilgan vaksina necha pul turishi ma’lum bo‘ldi

© AP Photo / Sakchai LalitVaksina ot COVID-19 vo vremya testirovaniya v issledovatelskom sentre vaksin
Vaksina ot COVID-19 vo vremya testirovaniya v issledovatelskom sentre vaksin - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
AQShning Moderna kompaniyasi yuqori daromadli mamlakatlar uchun o‘z vaksinasini 50-60 dollardan sotishga qaror qildi. Boshqa farmatsevt kompaniyalar o‘z vaksinalarini 20 dollar atrofida baholashmoqda.

TOShKENT, 29-iyul - Sputnik. Amerikaning Moderna biotexnologik kompaniyasi tomonidan ishlab chiqarilgan COVID-19 vaksinasining narxi 50-60 dollarni tashkil qiladi, deb xabar qilmoqda  RIA Novosti Financial Times nashriga asosan.

Ushbu narx AQSh va boshqa “yuqori daromadli” mamlakatlar uchun belgilangan, - deyilgan xabarda.

Xabarda aytilishiga ko‘ra, ushbu narx o‘zgarishi mumkin, chunki o‘tgan haftada AQSh hukumati Pfizer va BioNTech kompaniyalari bilan 600 million dona vaksinani 19,5 dollardan sotib olish haqida shartnoma imzolashgan edi.

Eslatib o‘tamiz, biroz oldin Moderna biotexnologik kompaniyasi koronavirusga qarshi vaksina ishlab chiqarishning uchinchi bosqichiga o‘tgani xabar qilingan edi. 

Moderna — 2010-yilda Amerikada tashkil qilingan biotexnologik kompaniya bo‘lib dori-darmon va vaksinalar ishlab chiqarishga ixtisoslashgan. Kompaniya birinchilardan bo‘lib COVID-19ga qarshi RNK vaksina ishlab chiqarishga kirishgan edi. 2020-yil may oyining o‘rtalarida Moderna ishlab chiqargan vaksina ijobiy natija ko‘rsatganini xabar qilgan edi. Shundan so‘ng kompaniya AQSh hukumatidan 500 million dollar yordam olgan va vaksinani odamlarda sinashni boshlagan edi.

 

Yangiliklar lentasi
0