Podolskda o‘zbekistonlik migrantlar yosh bolaning hayotini saqlab qolishdi

© Instagram / ni_pestov Rabochie iz Uzbekistana, spasshie rebenka v Podolske
Rabochie iz Uzbekistana, spasshie rebenka v Podolske - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Moskva viloyatida o‘zbekistonlik ishchilar 4 qavatdan tushib ketgan bolakayni qutqarib qolishdi. Shahar meri va Tergov qo‘mitasi ularga minnatdorlik bildirdi.

TOShKENT, 23-iyul – Sputnik. O‘zbekistonlik migrantlar Moskva viloyatidagi Podolsk shahrida yosh bolaning hayotini saqlab qolishdi, deb xabar qilmoqda NTV telekanali.

Ma’lum bo‘lishicha 4 yoshli qizaloq to‘rtinchi qavatdagi xonadon oynasidan tashqariga chiqadi, lekin qaytib kira olmaydi va yordam so‘rab yig‘lay boshlaydi.

Bolakayning ovozini o‘sha yerda o‘t o‘rayotgan o‘zbekistonlik ishchilar eshitib qolishadi. Bir necha kishi bola tushib ketishi mumkin bo‘lgan joyda mato yordamida uni tutib qolishadi. Xozir to‘rt yoshli qizaloq sog‘-salomat shifokorlar nazorati ostida.

Qutqaruvchilar yetib kelganda bola tushib ketgan uyning eshigi haligacha yopiq edi. Ichkarida uning onasi mast holda bo‘lgani aniqlangan.

Voqeadan biroz o‘tib Podolsk shahar meri Nikolay Pestov mahalliy JEK ishchilari o‘zbekistonlik Bekmurod Turdaliyev, Elbek Saliyev, Zairbek Djurabayev va Faxridin Risbayevlarga minnatdolik bildirgan.

Yangiliklar lentasi
0