Quyosh nurlari tupuk tomchilarida COVIDni soniyalarda o‘ldiradi – tadqiqot natijalari

© Sputnik / Vladimir Baranov / Mediabankka o‘tishKuryer slujbi dostavki Delivery Club v ojidanii zakazov
Kuryer slujbi dostavki Delivery Club v ojidanii zakazov - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Olimlar salkam yarim yil davomida ultrafiolet nurlanish bemordan yo‘talayotganida va gaplashganida chiqadigan so‘lak tomchilaridagi koronavirusni o‘ldirishga qodirligini o‘rgandilar.

TOShKENT, 21-iyul - Sputnik. Quyosh nurlari koronavirusni bir necha soniya ichida yo‘q qilishga qodir, deb yozadi “Izvestiya” Italiyalik olimlarga tayanib. Tadqiqotni boshqargan Milan davlat universiteti professori Mario Klerichining aytishicha, uning immunologlar guruhi virusni suv tomchilariga past, yuqori va o‘ta yuqori konsentratsiyada joylashtirgan. Keyin suyuqlik ultrafiolet nurlanishning turli dozalari bilan “davolandi”.

Vaksina - Sputnik O‘zbekiston
Rossiyaning COVID-19 ga qarshi birinchi vaksinasi tayyor bo‘ldi

Dastlab, qisqa diapazondagi nurlanishni (UF-C) sinab ko‘rishga qaror qilindi. Bu orqali uning hatto kichik dozalari ham virusni bir necha soniya ichida ishdan chiqarishi mumkinligini aniqlashga muvaffaq bo‘lishdi.

Biroq, UF-C Yer atmosferasidan o‘tayotganda to‘liq so‘rilib ketadi. Shuning uchun olimlar tajribalarni ultrafiolet nurlanishining uzun to‘lqinli diapazonida (UF-A) va o‘rta to‘lqinli diapazonida (UF-B) o‘tkazdilar - bu sayyora yuzasiga yetib keladigan quyosh nurlarining bir qismi.

“Natija bir xil bo‘ldi: bir necha soniya ichida quyosh nurlanishining minimal dozasi suv tomchilaridagi koronavirusni deyarli 100 foizga yo‘q qildi”, - dedi Klerichi.

Proizvodstvo probirok na predpriyatii Granat Bio Tex - Sputnik O‘zbekiston
Rossiyada COVID-19ga qarshi vaksina qilinganlarda immunitet paydo bo‘ldi

Uning so‘zlariga ko‘ra, bu yozda yer atmosferasiga kirib keladigan quyosh nurlari kasallangan odamdan yo‘talganida va gaplashganida ajraladigan so‘lak tomchilaridagi virusni deyarli butunlay yo‘q qilishi mumkinligini anglatadi.

Professorning qo‘shimcha qilishicha, bu bilan Yevropa va Shimoliy yarim sharda joylashgan aksariyat mamlakatlarda COVID-19 bilan kasallanishning joriy pasayishini izohlasa bo‘ladi. Ayni damda o‘tayotgan qish va quyosh nurlanishining faolligi pastrok bo‘lgan janubiy yarim sharda epidemiyaning cho‘qqisi kuzatilmoqda.

Klerichining so‘zlariga ko‘ra, Italiya milliy astrofizika instituti mutaxassislari joriy yilning 15-yanvaridan may oyining oxirigacha tegishli tahlillarni o‘tkazib, quyidagini tasdiqladilar: quyosh nuri yer yuzasiga qanchalik ko‘p yetib borsa, UF-nurlanish darajasi qanchalik yuqori bo‘lsa, koronavirus infeksiyasi shunchalik kamroq qayd etiladi.

Yangiliklar lentasi
0