YeOIIning muhim iqtisodiy ko‘rsatgichlari

Obuna bo‘lish
Rossiya, Belarus, Qirg‘iziston, Qozog‘iston, Armaniston va Moldova ishtirokida bo‘lib o‘tadigan YeOII bosh vazirlari sammiti COVID-19 pandemiyasi boshlanganidan so‘ng birinchi yirik uchrashuv bo‘ladi.

Yevroosiyo iqtisodiy ittifoqi 2015-yilda tashkil qilingan bo‘lib, ayni damda unga 5ta davlat kiradi: Rossiya, Belarus, Qirg‘iziston, Qozog‘iston va Armaniston. Shuningdek, Moldova kuzatuvchi maqomida ishtirok etadi. Yaqin orada O‘zbekiston ham ushbu Ittifoqqa kuzatuvchi maqomida qo‘shilishi rejalashtirilgan.  

Eslatib o‘tamiz, 2020-yil boshida e’lon qilingan ekspertlar xulosasi va Parlament muhokamasidan so‘ng O‘zbekiston YeOIIga kuzatuvchi maqomida qo‘shilishga qaror qilgan edi. 

Keyingi intergratsiya qay darajada bo‘lishini Toshkent o‘zi iqtisodiy manfaatlaridan kelib chiqqan holda hal qiladi. Undan tashqari, a’zo bo‘lish uchun milliy standandartlarni YeOII standartlariga mos ravishga keltirish kerak. Buning uchun albatta vaqt kerak bo‘ladi. 

Yangiliklar lentasi
0