O‘zbekiston sanoati qanchalik raqobatbardosh - BMT reytingi 

© Uzavtomotors / ASKAR YACUBOV dlya Sputnik Uzbekistan Proizvodstvo avtomobiley na zavode Uzavtomotors
Proizvodstvo avtomobiley na zavode Uzavtomotors - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
BMT dunyo mamlakatlari sanoatining raqobatbardoshlik reytingini yangiladi. Unga davlatlarning mahsulot ishlab chiqarish va eksport qilish salohiyati aks etadi.

TOShKENT, 15-iyul — Sputnik. BMT raqobatbardoshlik reytingini  yangiladi. Unda O‘zbekiston 152 davlat orasida 0.017 ko‘rsatkichi bilan 92 o‘rinni egalladi. Maksimal ko‘rsatgich 1ga teng bo‘lishi mumkin.

Bu Markaziy Osiyo respublikalari orasida 2-o‘rin. Oldinda Qozog‘iston - 68 o‘rin ko‘rsatgichi - 0,035. Orqada Qirg‘iziston 122 o‘rin, va Tojikiston - 129 o‘rin. 

MDH davlatlari orasida yetakchi - Rossiya - 32 o‘rin va 0,097 koefitsent, keyin Belarus - 47-o‘rin va 0.063, uchinchi o‘rinda Qozog‘iston. 

Sanoat raqobatbardoshligi bo‘yicha dunyoda birinchi o‘rinda - Germaniya (0.471), ikkinchi - Xitoy (0.372) va uchinchi o‘rinda Janubiy Koreya (0.349). 

BMT davlatlar sanoat raqobatbardoshlililigini 2003-yildan buyon hisoblab keladi. Unda davlatlarning mahsulot ishlab chiqarish va eksport qilish salohiyati aks etadi. 

Yangiliklar lentasi
0