Estoniya mudofaa vaziri Rossiyani dushman, deb atadi

© Sputnik / Vladimir Pesnya / Mediabankka o‘tishTallin
Tallin - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Estoniyaga vatanimizni himoya qila oladigan tayyor armiya kerak. Har bir o‘rgatilgan eston soldati - bu bizning dushmanimiz u bilan hisoblashishi kerak bo‘lgan yana bir soldatdir,- degan mudofaa vaziri Yuri Luyk yangi chaqiriqdagi askarlarga yo‘llagan videomurojaatida.

TOShKENT, 15-iyul - Sputnik. Estoniya mudofaa vaziri Yuriy Luyk mudofaa kuchlariga xizmatga kirishayotgan yangi askarlarga yo‘llagan murojaatida Rossiyani dushman, deb atadi va barcha harbiylarni mamlakatni "rossiya xataridan" himoyalashga tayyor turishga da’vat qildi, deb xabar bermoqda RIA Novosti.

AQSh va Yevropaning raketalar bo‘yicha til biriktirishi: nemis jurnalistlarining taxmini - Sputnik O‘zbekiston
NATO davlatlari yadroviy urushga tayyorgarlik ko‘rmoqdami?

"Estoniyaga bizning vatanimizni himoya qila oladigan tayyor holatdagi armiya kerak. Har bir o‘rgatilgan eston soldati - bu bizning dushmanimiz u bilan hisoblashishi kerak bo‘lgan yana bir soldatdir",- dedi Luyk Mudofaa vazirligi saytida yangi chaqiriqdagi askarlarga yo‘llagan videomurojaatida.

Vazirning ishonch bilan ta’kidlashicha, Estoniyaning o‘z-o‘zini mudofaa qilish qobiliyatining rivojlanishi dushmanlarga - tajovuzkorlik holatida ular yutishdan ko‘proq yutqazishlari mumkinligini, mamlakat esa o‘zini to ittifoqdoshlar yetib kelgunga qadar himoyalay olishini namoyon etishi lozim.

"Albatta, biz sharqiy qo‘shnimizga qaraganda kichikroqmiz, lekin kuchimiz dushmanga bu yerga burun suqish kerak emasligini tushuntiradigan darajada yetarli", - deb bayonot bergan Luyk.

NATO - Sputnik O‘zbekiston
"Rossiya tushunishi kerak". Germaniya tashqi ishlar vaziri NATOga murojaat qildi

Mudofaa rahbari Estoniya hududida Buyuk Britaniya boshchiligidagi NATO xalqaro bataloni joylashganini eslatib o‘tdi. "Ittifoqdoshlarimiz ham yonimizda turibdi. Ular Estoniyada juda muhim bir maqsad bilan - Estoniya va butun NATOni himoya qilish, Estoniya hech qachon boshqa bir o‘zi qolmasligini ko‘rsatish uchun turibdi", - deb ta’kidlagan Luyk.

"Rossiya xatari" haqidagi gap-so‘zlar g‘arb siyosatchilari, aksariyat hollarda Boltiqbo‘yi mamlakatlari va Polsha tomonidan tez-tez yangrab turadi. Shu bilan birga, Moskva Rossiya hech qachon NATOning biron bir davlatiga hujum uyushtirmasligini ko‘plab marotaba takrorlab keladi. RF TIV rahbari Sergey Lavrovga ko‘ra, NATO Moskvaning kimgadir tajovuz qilish rejasi yo‘qligidan juda yaxshi xabardor, shunchaki ular bu gap-so‘zlardan Rossiya chegaralari yaqiniga ko‘proq texnika va batalonlarini joylashtirish maqsadida foydalanishadi. Bundan tashqari, Rossiya turli davlatlardagi saylovlarga ta’sir o‘tkazish bo‘yicha ayblovlarni ko‘plab marotaba rad etib kelgan, RF prezidenti matbuot-kotibi Dmitriy Peskov esa ularni "mutlaqo asossiz", deya baholagan.

Yangiliklar lentasi
0