Avtotransport harakatiga qator cheklovlar kiritildi

Obuna bo‘lish
Shaxsiy avtotransport vositalariga ilgari berilgan stikerlar asosida harakatlanishga, stikersiz faqat soat 07.00 dan – 10.00 gacha va 17.00 dan – 20.00 gacha harakatlanishga ruxsat beriladi. 

TOShKENT, 9-iyul - Sputnik. Ma’lumki, O‘zbekistonda koronavirusga chalinganlar soni ko‘payishi munosabati bilan, Respublika maxsus komissiyasi 10-iyuldan 1-avgustga qadar barcha hududlarni "qizil"ga aylantirish, karantin cheklovlarni kuchaytirishga qaror qilgan edi. 

Ushbu munosabat bilan 10-iyuldan boshlab avtotransport vositalari harakatiga doir quyidagi cheklovlar kiritildi:

  • viloyatlararo qatnov hamda Toshkent shahriga avtoransport vositalari kirishi to‘xtatiladi. Toshkent shahridan Toshkent viloyatiga hamda Toshkent viloyatidan Toshkent shahriga kirib-chiqish bundan mustasno; 
  • jamoat transporti harakati to‘xtatiladi;
  • avtotransport vositalari ilgari berilgan maxsus ruxsatnoma (stikerlar) bilan harakatlanadi. O‘z hududi doirasida stikersiz harakatlanishga faqat soat 07.00 dan – 10.00 gacha va 17.00 dan – 20.00 gacha ruxsat beriladi. 
  • viloyat markazlari, Toshkent va Nukus shaharlari atrofidagi yo‘l patrul xizmati, blokpost va to‘siq postlar faoliyati kuchaytiriladi;
  • fuqarolarning mototransport (skuter) hamda velosipedda harakatlanishiga faqatgina tibbiy niqobdan foydalangan holda hayotiy zarur ehtiyojlarni xarid qilish yoki ish joyiga borib va kelish uchun ruxsat etiladi;

Shu bilan birga, Respublika Maxsus komissiyasi qarori asosida quyidagi transport vositalari harakatlanishiga ruxsat berilgan: 

* sog‘liqni saqlash hamda xususiy tibbiyot tashkilotlari, tibbiy-sanitariya va epidemiologik xizmatlar ko‘rsatuvchi tashkilotlarning xizmat va xodimlarining shaxsiy avtotransport vositalari.

* farmatsevtika mahsulotlari (dori vositalari va tibbiy buyumlar) ishlab chiqaruvchi tashkilotlarning xizmat avtotransport vositalari.

* tez tibbiy yordam ko‘rsatish maxsus avtomobillari yoki inson hayotiga xavf tug‘dirayotgan boshqa holatlarda  bilan bog‘liq hollarda tibbiyot muassasasiga borayotgan va undan qaytayotgan shaxsiy avtotransport vositalari.

* yo‘lovchi tashish faoliyati bilan shug‘ullanish litsenziyasiga ega bo‘lgan yo‘nalishsiz taksilarga, quyidagi qoidalarga amal qilgan holda: 

     - taksi salonida haydovchi o‘rindig‘i yo‘lovchilar o‘rindig‘idan shaffof plastik yoki maxsus plonka bilan to‘silgan bo‘lishi kerak;

     - haydovchi va yo‘lovchi tibbiy niqobda bo‘lishi (tibbiy niqobsiz yo‘lovchini tashish taqiqlanadi) lozim;

     - yo‘lovchilarni avtotransport vositasi saloni orqa o‘rindig‘iga o‘tkazilishi hamda faqat o‘z hududida harakatlanishi shart.

* yetkazib berish xizmati tashkilotlarining avtotransport vositalari;

* kommunal xizmat ko‘rsatuvchi tashkilotlar, gaz, elektr energiyasi va chiqindi tashish xizmatlarining maxsus avtotransport vositalari;

* Oliy Majlis, sud va prokuratura, vazirliklar, palatalar va boshqa davlat boshqaruv organlarining xizmat avtotransport vositalari;

* inkassatsiya xizmati avtotransport vositalari;

* Xorijiy davlatlarning diplomatik vakolatxonalari avtotransport vositalari;

* Aloqa va pochta xizmatlarini ko‘rsatuvchi tashkilotlar xizmat avtotransport vositalari;

* N1, N2 va N3 toifaga kiruvchi avtotransport vositalari hamda qishloq xo‘jaligi texnikalari;

* “Toshshahartransxizmat” AK saroylarining M2 va M3 toifaga kiruvchi avtotransport vositalari;

* yo‘l-patrul xizmati avtomobillari yordamida kuzatilayotgan avtotransport vositalari;

* dafn marosimlarida xizmat ko‘rsatuvchi maxsus avtotransport vositalari;

* mavsumiy qishloq xo‘jaligi mahsulotlarini yetkazib beruvchi M1 (bir nafar yo‘lovchi bilan) toifadagi jismoniy shaxslarga tegishli shaxsiy avtotransport vositalari.

Yangiliklar lentasi
0