O‘zbekiston va Ukraina o‘zaro hamkorlikni faollashtirish masalalarini ko‘rib chiqdi

© Sputnik / Ramiz BaxtiyarovZdanie MID Uzbekistana
Zdanie MID Uzbekistana - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Muzokaralar davomida qo‘shma tadbirlarni, jumladan har tomonlama hamkorlik bo‘yicha O‘zbekiston-Ukraina Hukumatlararo komissiyasining navbatdagi majlisini o‘tkazish bo‘yicha takliflar ko‘rib chiqilgan

TOShKENT, 1-iyul - Sputnik. 1-iyul kuni O‘zbekiston Tashqi ishlar vaziri Abdulaziz Kamilov Ukrainaning Favqulodda va Muxtor Elchisi etib tayinlangan Nikolay Doroshenkoni qabul qildi.

 SkyUp Airlines - Sputnik O‘zbekiston
Ukraina aviakompaniyasi O‘zbekistonga parvozlarni amalga oshirishga ariza berdi

"Vazir ishonch yorliqlari nusxalarini qabul qilar ekan, Elchini ushbu lavozimga tayinlangani bilan tabrikladi va unga O‘zbekiston va Ukraina o‘rtasidagi o‘zaro manfaatli hamkorlikni mustahkamlashdagi faoliyatiga muvaffaqiyat tiladi", - deyiladi TIV matbuot-xizmati xabarida.

Ta’kidlanishicha, uchrashuvda turli sohalardagi O‘zbekiston-Ukraina hamkorligining dolzarb masalalari muhokama qilingan. Savdo-iqtisodiy, madaniy-gumanitar, turizm, ta’lim, tibbiyot va boshqa sohalardagi munosabatlarni rivojlantirishga alohida urg‘u berilgan.

Qo‘shma tadbirlarni, jumladan har tomonlama hamkorlik bo‘yicha O‘zbekiston-Ukraina Hukumatlararo komissiyasining navbatdagi majlisini o‘tkazish bo‘yicha takliflar ko‘rib chiqilgan.

Gruzovie vagoni  - Sputnik O‘zbekiston
O‘zbekiston va Ukraina avia hamda temir yo‘l qatnovini tiklaydi

Suhbat chog‘ida koronavirus pandemiyasi ikki tomonlama savdo aylanmasi ko‘rsatkichlariga salbiy ta’sir ko‘rsatayotgani qayd etildi. Shu nuqtayi nazardan O‘zbekiston va Ukraina ishbilarmon doiralari, savdo-sanoat palatalari va hududlari o‘rtasida to‘g‘ridan-to‘g‘ri aloqalarni rivojlantirishdan ikki tomon ham manfaatdor ekanligi tasdiqlangan.

Tomonlar qo‘shma ilmiy loyihalarni amalga oshirishga, fan, texnika va innovatsiyalar sohasidagi hamkorlikni faollashtirishga tayyor ekanliklarini ma’lum qilganlar.

Muzokaralarda tomonlarni qiziqtirgan boshqa masalalar ham muhokama qilingan.

Yangiliklar lentasi
0