Namanganda quyma oltin bo‘laklarini pullamoqchi bo‘lgan shaxs ushlandi

© Sputnik / Yevgeniy Yepanchinsev / Mediabankka o‘tishZoloto
Zoloto - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Fuqaro quyma oltinni 1 grammini 525 ming so‘mdan, 297,57 grammni jami 156,3 mln so‘mga sotishni rejalashtirgan

TOShKENT, 1-iyul - Sputnik. Namanganda quyma oltin bo‘laklarini pullamoqchi bo‘lgan shaxs ushlandi, deb xabar qildi Bosh prokuratura matbuot-xizmati.

V Navoiyskoy oblasti bila presechena kontrabanda zolotix monet - Sputnik O‘zbekiston
Qo‘lbola usulda tayyorlangan oltin tangalarni sotmoqchi bo‘lgan fuqarolar ushlandi

Xabarda ta’kidlanishicha, Bosh prokuratura huzuridagi Departamentning Namangan viloyati boshqarmasi tomonidan o‘tkazilgan tezkor tadbirda, oltinni pullamoqchi bo‘lgan fuqaro hodisa joyida qo‘lga olingan.

Fuqaro Sh.I. noqonuniy daromad orttirish maqsadida xaridor D.ga 297,57 gramm quyma oltinni 1 grammini 525 ming so‘mdan hisoblab, jami 156,3 mln so‘mga sotishga kelishib, shundan, 11 300 AQSh dollari va 34,7 mln so‘mni olgan vaqtida ashyoviy dalil bilan ushlangan.

Mazkur holat yuzasidan Sh.I.ga nisbatan Jinoyat kodeksining 177-moddasi 4-qismi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari o‘tkazilmoqda.

Yangiliklar lentasi
0