TOShKENT, 1-iyul - Sputnik. Amerikaning NYT nashri Rossiyaning toliblar bilan "til biriktiruvi"ga doir yangi maqolani chop etdi.
Maqolada anonim manbalarga tayangan holda ta’kidlanishicha, go‘yoki rossiya razvedkasiga taalluqli bank hisob-raqamidan toliblar hisob raqamlariga yirik moliyaviy o‘tkazmalar amalga oshirilganiga doir elektron ma’lumotlarni qo‘lga tushirishga muvaffaq bo‘lingan. Mualliflar fikricha, aynan shu holat Rossiya Afg‘onistondagi radikal uyushmani qo‘llab-quvvatlayotgani dalili hisoblanadi.
Shu bilan birga, Pentagon Rossiyaning Afg‘onistondagi amerikalik harbiy xizmatchilarga qarshi dushmanona harakatlar dalili mavjud emasligini ma’lum qilgan. Bu haqda mudofaa idorasi rahbari Mark Esper bayonot bergan.
"Barcha xodimlarimizni ishontirmoqchimanki, vazirlik amerika harbiy personaliga qarshi barcha potensial tahdidlarni jiddiy ko‘rib chiqadi", - degan Esper.
Sal oldin The New York Times Rossiya harbiy razvedkasi toliblarga aloqador bo‘lgan jangarilarga Afg‘onistondagi harbiy xizmatchilarga hujum uyushtirish uchun go‘yoki mukofot puli taklif qilgani haqidagi maqolani chop etgan edi.
AQSh prezidenti Donald Tramp, New York Timesdagi maqolaga sharh berar ekan, uni "navbatdagi buyurtma" deb atadi, va na o‘ziga, na vitse-prezidentga, na Oq uy apparatiga shu paytgacha hech kim ruslar Afg‘onistondagi AQSh qo‘shinlariga hujum uyushtirganlari haqida ma’lumot yetkazmaganligini ta’kidladi.
O‘z navbatida, "Tolibon" radikal harakati vakillari Afg‘onistonagi xalqaro koalitsiya kontingentiga hujum uyushtirish uchun pul mablag‘lari organliklari haqidagi ma’lumotlarni rad etdi.