Markaziy Osiyodagi amerika biolaboratoriyalari va COVID o‘rtasida qanday bog‘liqlik bor

© AFP 2023 / DANIEL SLIMShtab-kvartira Ministerstva oboroni SShA
Shtab-kvartira Ministerstva oboroni SShA - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Siyosatshunos Mars Sariyev Markaziy Osiyo mamlakatlarda joylashtirilgan biolaboratoriyalar faoliyatida yashiringan xatarlar haqida so‘zladi

Sputnik Qirg‘iziston radiosiga bergan intervyusi davomida ekspert mintaqada bir nechta biolaboratoriyalar faol ishlab turganligini aytdi.

Laboratoriya imeni Richarda Lugara v Gruzii - Sputnik O‘zbekiston
Amerikaliklarga Markaziy Osiyo va Kavkazdagi biolaboratoriyalar nimaga kerak?

"Bu kabi obyektlar O‘zbekiston va Qozog‘istonda, shuningdek, MDHning boshqa davlatlarida ham bor. Ular haddan ziyod yopiq va Pentagon tomonidan moliyalashtiriladi. Laboratoriyalar joylashtirilgan davlatlar vakillari u yerga kira olishmaydi, barcha ishlar esa maxfiylik xarakteriga ega. Bunday holat juda sergak torttiradi: axir Gruziya va Ukrainada bir necha yil oldin ushbu region uchun xos bo‘lmagan kasalliklar - tropik mamlakatlardagina uchraydigan infeksiyalar avj olishi qayd etilgani esimizda. Bu mamlakatlarda ham amerikaliklar soyasi ostida faoliyat yuritadigan biolaboratoriyalar bor", - deya ta’kidladi Sariyev.

U shuningdek, bu kabi laboratoriya dunyoda yaxshi nom bilan mashhur bo‘lmagan Xitoyning Uxanida ham mavjudligini eslatib o‘tdi.

"Ekspertlar koronavirus yoki boshqa kasalliklarning tarqalishi aniq bir maqsadlarda sodir etilgani haqida gapirmaydilar, lekin shunday holat ham ehtimoldan holimas. O‘ylashimcha, u yerda xavfli shtammlarning sizib chiqib ketishi sodir bo‘lgan, lekin bu tahdidni kamaytirmaydi. Shu o‘rinda, eslatib o‘tishim joizki, bizda ham bu singari biolaboratoriyalar qurilishiga ta’sir o‘tkazishga bir necha bor urinishlar bo‘lgan, faqatgina qirg‘izistonliklarning faol pozitsiyasi bunga yo‘l qo‘ymadi", - dedi siyosatshunos.

Brifing Ministerstva oboroni RF po bioorujiyu - Sputnik O‘zbekiston
Onishenko MDHdagi AQSh biolaboratoriyalari haqida: asosiysi mediklarni harbiylardan farqlash

Uning so‘zlariga ko‘ra, tushunmovchilik oldini olish uchun huquqiy maydon doirasida harakat qilish lozim.

"Markaziy Osiyo hududida joylashgan laboratoriyalar xalqaro bitimlar doirasida paydo bo‘lgani tushunarli, ammo ularning faoliyati maksimal ochiq va shaffof bo‘lmog‘iga erishmoq darkor. Shuningdek, amalga oshirilayotgan ishlar va shart-sharoitlarning xavfsizlik darajasi bilan tanishishi uchun laboratoriyalarga mustaqil mutaxassislar, fuqarolik hamjamiyati vakillari kiritilishini ta’minlash lozim. Faqat shundagina bu masalada ortiqcha bo‘lgan bo‘htonlarni istisno etgan bo‘lamiz", - deya qayd etdi Sariyev.

Ekspert so‘zlariga ko‘ra, bu singari talablar mintaqada koronavirus tarqalishi va yangi infeksiyalar paydo bo‘lishi xavfi bilan bog‘liq. Shu bilan birga, turli davlatlarda bir necha yillar davomida ekspertlar tilga olib kelayotgan global bakteriologik urush xavfi haqida ham unutish yaramaydi.

Yangiliklar lentasi
0