Kelajak kasbi sari oddiy yo‘l - Future Skills Camp

© Foto predostavleno press-slujboy WorldSkills RussiaWorldSkills Russia zapuskayet noviy ochno-distansionniy format obucheniya Future Skills Camp
WorldSkills Russia zapuskayet noviy ochno-distansionniy format obucheniya Future Skills Camp  - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
WorldSkills Russia kunduzgi-masofaviy ta’limning yangi formati - Future Skills Camp’ni ishga tushirmoqda, unda butun dunyodan, shu jumladan O‘zbekistondan yosh mutaxassislar ishtirok etishi mumkin.

TOShKENT, 1-iyul — Sputnik. Hozir jahon sanoati haqiqiy kadrlar inqilobini boshidan o‘tkazmoqda. Butun boshli tarmoqlarning raqamlashtirilishi yuqori texnologiyali ishlab chiqarish va o‘zgarib borayotgan iqtisodiyot uchun yanada ko‘proq yangi malakali mutaxassislarni talab qilmoqda. Shu o‘rinda zamon talablariga javob bermaydigan ish o‘rinlarining bir qismi qisqartirilmoqda, bo‘shagan xodimlar esa zamonaviy ish beruvchilarning talablariga javob berish uchun malakalarini oshirish zaruriyatiga duch kelmoqdalar. Mehnat bozoriga endigina kirib kelayotgan yosh mutaxassislar oldida ham xuddi shunday masala turibdi.

© Foto predostavleno press-slujboy WorldSkills RussiaWorldSkills Russia zapuskayet noviy ochno-distansionniy format obucheniya Future Skills Camp
Kelajak kasbi sari oddiy yo‘l - Future Skills Camp - Sputnik O‘zbekiston
WorldSkills Russia zapuskayet noviy ochno-distansionniy format obucheniya Future Skills Camp

Koronavirus epidemiyasi, barcha salbiy oqibatlarga qaramasdan, raqamli texnologiyalarni joriy etish tezligida ijobiy rol o‘ynadi. Butun korxona va sanoat tarmoqlari tezda ish uslubini o‘zgartirib, funksiyalarning bir qismini masofaviy rejimga o‘tkazishdi. Oylar yoki hatto yillarni talab qiladigan tuzatish jarayonlari deyarli bir necha hafta ichida qayta tiklandi. Nafaqat uchrashuv va hujjat-aylanuvi "raqam”ga o‘tdi, balki o‘zini-o‘zi yakkalash sharoitida kadrlarni tayyorlash va qayta tayyorlash bo‘yicha ayrim dastur va kurslar juda ommalashdi.

Bundan yangi formatlardan biri WorldSkills Russia tomonidan o‘tkazilagan "Future Skills Camp" kunduzgi-masofaviy ta’lim kasbiy mahoratni yanada takomillashtirishga imkon beradi. Iyun oyining oxirida zamonaviy raqamli iqtisodiyot uchun eng istiqbolli kasblar, yoki boshqacha qilib aytganda, Future Skills bo‘yicha o‘quv kurslarga maxsus platformada start berildi.

© Foto predostavleno press-slujboy WorldSkills RussiaWorldSkills Russia zapuskayet noviy ochno-distansionniy format obucheniya Future Skills Camp
Kelajak kasbi sari oddiy yo‘l - Future Skills Camp - Sputnik O‘zbekiston
WorldSkills Russia zapuskayet noviy ochno-distansionniy format obucheniya Future Skills Camp

Raqamli kompetensiyalarning ba’zilari anchadan buyon WorldSkills an’anaviy yo‘nalishlarni, masalan, “veb-dizayn va ishlab chiqish”, “grafik dizayn” va “CAD muhandislik dizayn” kabilarni o‘z ichiga olgan.

WorldSkills an’anaviy kompetensiyalari ro‘yxatiga anchadan buyon ayrim raqamli kompetensiyalar, masalan, “Veb-dizayn va ishlab chiqish”, “Grafik dizayn” va “CAD muhandislik dizayn” kabilar kiradi. Ayni damda o‘zbekistonlik yosh mutaxassislar ushbu fanlarni faol o‘zlashtirmoqda. Ko‘plab mamlakatlar uchun mutlaqo yangi bo‘lgan raqamli kompetensiyalar Future Skills Camp’da taqdim etilgan bo‘ladi. Ulardan ba’zilari 2021-yilda Shanxayda bo‘lib o‘tadigan kasbiy mahorat bo‘yicha navbatdagi jahon chempionati dasturiga kiritilgan.

Musobaqaning yangi bosqichiga tayyor bo‘lish uchun o‘zbekistonlik mutaxassislar WorldSkills Russia tomonidan ushbu kompetensiyalar bo‘yicha tashkil etiladigan yozgi treninglarda qo‘shimcha ravishda qatnashishlari mumkin.

© Foto predostavleno press-slujboy WorldSkills RussiaWorldSkills Russia zapuskayet noviy ochno-distansionniy format obucheniya Future Skills Camp
Kelajak kasbi sari oddiy yo‘l - Future Skills Camp - Sputnik O‘zbekiston
WorldSkills Russia zapuskayet noviy ochno-distansionniy format obucheniya Future Skills Camp

Future Skills Camp ham uslubiy, ham amaliy bloklarni o‘z ichiga oladi. Uslubiy blok doirasida kompetensiyalar, xususan, WorldSkills xalqaro standartlar spetsifikatsiyalarini o‘rganish, tanlov hujjatlarini tayyorlash texnologiyalarini va tayyor loyihalarni baholash metodikasini o‘rganish bo‘yicha ta’lim beriladi.

Modulning uslubiy qismi tugagandan so‘ng trening ishtirokchilari qator amaliy topshiriqlar jarayoniga kirishadilar. Ishtirokchilar ularni, yashash joyidan qat’iy nazar, bir vaqtning o‘zida oladilar. Ammo mamlakatning mintaqa vaqtiga muvofiq amalga oshirishni boshlashlari mumkin.

Har bir modulning vazifalari bajarilgandan so‘ng, ekspertlar tomonidan kunduzgi-masofaviy formatda baholanadi. O‘quv kursi yakunlangandan so‘ng, barcha ishtirokchilarga Future Skills Camp bitirganligi to‘g‘risida sertifikatlar beriladi. Test loyihasini bajargan mutaxassislarga WorldSkills Russia tomonidan ishlab chiqilgan kasbiy mahorat darajasini tasdiqlovchi hujjat, skills - pasporti beriladi.

© Foto predostavleno press-slujboy WorldSkills RussiaWorldSkills Russia zapuskayet noviy ochno-distansionniy format obucheniya Future Skills Camp
Kelajak kasbi sari oddiy yo‘l - Future Skills Camp - Sputnik O‘zbekiston
WorldSkills Russia zapuskayet noviy ochno-distansionniy format obucheniya Future Skills Camp

Hozircha bu turdagi birinchi musobaqadir, ammo WorldSkills Russia’da ular katta talabga ega bo‘lishiga ishonishadi va keyingi bosqichda dunyoning turli davlatlaridan yana ko‘proq ishtirokchilar bu formatga qo‘shiladi. Xususan, ayni vaqtda sentabr oyida masofaviy formatda o‘tkaziladigan WorldSkills Russia VIII milliy chempionati finaliga, shuningdek Armaniston, Belarus, Qozog‘iston, Qirg‘iziston va O‘zbekiston yosh mutaxassislari uchun III ochiq Yevrosiyo chempionatiga tayyorgarlik ko‘rish ishlari olib borilmoqda.

Ushbu chempionatlar - respublika uchun yangicha formatni sinab ko‘rish va kelgusida bunday musobaqalarni o‘tkazish uchun yana bir imkoniyatdir.

WorldSkills Russia dunyoda faol targ‘ib qilayotgan boshqa formatlar bilan bo‘lgani kabi, kelajakda bunday tashabbuslarni ta’lim tizimlari va milliy kasb-mahorat milliy chempionatlariga joriy etish mumkin bo‘ladi, deb rejalashtirishmoqda WorldSkills Russia’da. Worldskills harakati anchadan buyon paydo bo‘lganiga qaramay, Rossiya unga sal kam 10-yil oldin qo‘shildi, u yangi kasblar bo‘yicha tadqiqotlar o‘tkazish, loyihalashtirish va musobaqalar o‘tkazish, mutaqil baholash, shuningdek ta’lim dasturlarini ishlab chiqish nuqtayi nazaridan sermazmun va ijodiy WorldSkills drayveriga aylandi.

© Foto predostavleno press-slujboy WorldSkills RussiaWorldSkills Russia zapuskayet noviy ochno-distansionniy format obucheniya Future Skills Camp
Kelajak kasbi sari oddiy yo‘l - Future Skills Camp - Sputnik O‘zbekiston
WorldSkills Russia zapuskayet noviy ochno-distansionniy format obucheniya Future Skills Camp

“Yosh mutaxassislar ittifoqi (Vorldskills Rossiya)” bosh direktorining xalqaro faoliyat bo‘yicha o‘rinbosari, Rossiyadan WorldSkills International kompaniyasining texnik vakili Alina Doskanovaning so‘zlariga ko‘ra, "texnologiyalarning shiddatli o‘zgarishi, sun’iy intellektning rivojlanishi, umumiy raqamlashtirish va natijada ish jarayonlarining murakkablashuvi konvergent qobiliyatlarning paydo bo‘lishiga, shuningdek multisektor va tarmoqlararo hamkorlikni kengaytirishga yordam beradi. WorldSkills Russia har qanday iqtisodiyotning raqobatbardoshligini oshiradigan milliy kadrlar tayyorlash tizimidan jahon kasbiy mahorat darajasigacha ko‘taradigan vositalarni ishlab chiqmoqda"

Bunday vositalarga - qisqa o‘quv dasturlarini ishlab chiqish va hamkor mamlakatlarda o‘quv laboratoriyalarini yaratish, shuningdek, WorldSkills Russia u yoki bu davlatda milliy chempionatlarni o‘tkazish uchun to‘playdigan musobaqa kompetensiyalarni tayyorlash kiradi. Ushbu metodikalar sherik-davlatlarda katta qiziqish uyg‘otmoqda.

Masalan, O‘zbekistonda professional kasbiy-mahorat ko‘nikmalari bo‘yicha musobaqalarini tashkil qilish bilan bir qatorda WorldSkills Russia hozirda bir qator tashabbuslarni amalga oshirmoqda, shu jumladan ishsiz aholiga xizmat ko‘rsatish bo‘yicha monomarkaz bazasida WorldSkills standartlariga muvofiq malakani baholash markazi va kasb-hunar ta’limi markazini yaratish, mutaxassislarni birlashtirish orqali ekspertlar hamjamiyatini shakllantirish va ishchi kasblar bo‘yicha mutaxassislar, shuningdek har bir alohida kompetensiya uchun ekspertlar tarmog‘ini yaratish.

Keyinchalik skills-pasportini berish bilan WorldSkills’ning mustaqil baholash tizimi respublikadagi kasb-hunar ta’limi dasturiga kiritilmoqda. Yaqinda imzolangan bitim mamlakatda harakatni yanada kengaytirish, shuningdek, O‘zbekiston Respublikasi va Rossiya Federatsiyasida kasbiy ta’lim sifatini oshirishga qaratilgan qo‘shma loyihalarni amalga oshirishni ko‘zda tutadi.

Bundan tashqari, WorldSkills Russia milliy musobaqalarni o‘tkazishga yordam beradi: Qozog‘iston va Rossiya bilan birgalikda respublikada mehnat kasblari bo‘yicha birinchi ochiq chempionat bo‘lib o‘tdi. WorldSkills Russia shuningdek kelgusi yilda bo‘lib o‘tadigan WorldSkills Shanghai 2021 Jahon chempionatida respublikani himoya qiladigan O‘zbekiston terma jamoasini shakllantirish va tayyorlashga yordam beradi.

Endi esa dunyo miqyosida ommalashib borayotgan yana bir format - Future Skills Camp tufayli o‘zbekistonlik yosh mutaxassislar o‘nlab istiqbolli kompetensiyalarni o‘rganish imkoniyatiga ega bo‘ladilar.

Rosatom, Rostex, Roskosmos, 1S, FANUC, InfoWatch, Autodesk, Siemens, COEX, hakta, Rossiya Kvant Markazi ko‘magida Future Skills Camp o‘tkazilmoqda.

Future Skills Camp haqida batafsil https://fscamp.worldskills.ru/

Loyiha hamkori

Yangiliklar lentasi
0