Qo‘lbola usulda tayyorlangan oltin tangalarni sotmoqchi bo‘lgan fuqarolar ushlandi

© Generalnaya prokuratura UzbekistanaV Navoiyskoy oblasti bila presechena kontrabanda zolotix monet
V Navoiyskoy oblasti bila presechena kontrabanda zolotix monet - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Bosh prokuratura huzuridagi Departamentning Navoiy viloyat boshqarmasi va viloyat DXX xodimlari bilan hamkorlikda tezkor tadbir o‘tkazildi.

TOShKENT, 25-iyun — Sputnik. Navoiy viloyatida oltin tangalarni noqonuniy muomalaga kiritilishining oldi olindi, bu haqda Bosh prokuratura matbuot xizmati xabar qildi.

© Generalnaya prokuratura UzbekistanaV Navoiyskoy oblasti bila presechena kontrabanda zolotix monet
Qo‘lbola usulda tayyorlangan oltin tangalarni sotmoqchi bo‘lgan fuqarolar ushlandi - Sputnik O‘zbekiston
V Navoiyskoy oblasti bila presechena kontrabanda zolotix monet

Xabarda aytilishicha, Bosh prokuratura huzuridagi Departamentning Navoiy viloyat boshqarmasi va viloyat DXX xodimlari bilan hamkorlikda o‘tkazilgan tezkor tadbirda, ikki nafar fuqaro qo‘lbola usulda tayyorlangan tangalarni muomalaga kiritib, noqonuniy daromad orttirish maqsadida 10 dona oltin tangani xaridor B.ga 2 250 AQSh dollariga sotgan vaqtida ushlanib, tadbir yakunida umumiy bahosi 24,4 mln so‘m bo‘lgan 12 dona oltin tangalar ashyoviy dalil sifatida olingan.

Mazkur holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 177-moddasi (Valyuta qimmatliklarini qonunga xilof ravishda olish yoki o‘tkazish) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari o‘tkazilmoqda.

Yangiliklar lentasi
0