Ukraina Qrimda o‘tkazilgan G‘alaba paradi uchun Rossiyaga protest notasini yubordi

© Sputnik / Stringer / Mediabankka o‘tishGoroda mira. Kiyev
Goroda mira. Kiyev - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Rossiya TIV hech kim Rossiya hukumatiga regionlarga qachon va qay tarzda borish kerakligi haqida ko‘rsatma berishga haqli emasligini ko‘p bora ta’kidlagan.

TOShKENT, 25-iyun — Sputnik. Kiyev Qrimda o‘tkazilgan G‘alaba paradlari uchun Moskvaga protest notasini yubordi. Bu haqda Ukraina TIV saytida e’lon qilingan bayonotda aytilgan.

Voyennoslujashie stran bivshego SSSR na parade Pobedi v Moskve - Sputnik O‘zbekiston
Sobiq SSSR mamlakatlari harbiylari Moskvadagi G‘alaba paradida

Idora fikricha, yarim oroldagi tantanalar "Ukraina-Rossiya munosabatlarida ziddiyatlar o‘tkir tus olishiga" olib keladi.

Kuni kecha G‘alaba paradlari Sevastopol, Simferopol va Kerchda o‘tkazilgan edi.

Kiyev bir necha bor, shu jumladan, Rossiya birinchi shaxslarining Qrimga tashriflari tufayli ham ko‘p marotaba norozilik bildirgan.

“Rus xalqi sovg‘alari” haqida gapirganda Putin kimni nazarda tutgan edi? >>>

Moskva bu singari notalarni e’tiborga olmasdan va javob munosabatisiz qaytaradi.

Rossiya TIV hech kim Rossiya hukumatiga regionlarga qachon va qay tarzda borish kerakligi haqida ko‘rsatma berishga haqli emasligini ko‘p bor ta’kidlagan.

Yangiliklar lentasi
0