Mahsulotlarda GMOni aniqlaydigan laboratoriyalar tashkil etiladi

© Sputnik / Igor Zarembo / Mediabankka o‘tishStop GMO
Stop GMO - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
O‘zbekistonda 2020-yilda jami 164 ta "Global G.A.P." va "Organic" standartlarini joriy etish va sertifikatlashtirish rejalashtirilmoqda.

TOShKENT, 25-iyun - Sputnik. O‘zbekistonda Oziq-ovqatlar tarkibida GMO miqdorini aniqlaydigan laboratoriyalar tashkil etiladi. Bu haqda "O‘zstandart" agentligi AOKAda bo‘lib o‘tgan brifingda xabar qildi. 

"Jahon banki krediti asosida Buxoro va Namangandagi "UzTest" qoshidagi sinov laboratoriyalarini  modernizatsiya qilish bo‘yicha amaliy ishlar boshlandi. Markazlar qoshida yangi yo‘nalishdagi mahsulotlar tarkibidagi GMO miqdorini aniqlash laboratoriyasi tashkil etiladi", - deyilgan xabarda. 

Xalqaro ekspert (Latviyaning BIOR instituti vakili) o‘tkazgan o‘rganish natijasida, Respublika hamda Andijon, Buxoro, Navoiy, Namangan, Samarqand, Qashqadaryo, Xorazm markazlaridagi oziq-ovqat va qishloq xo‘jaligi maxsulotlarini sinash laboratoriyalari modernizatsiyalash ko‘zda tutilgan. Loyihaning umumiy summasi 11,6 mln. AQSh dollarini tashkil etdi.

Bugungi kunda O‘zbekistonda qishloq xo‘jaligi sohasida 1276 ta standart  amal qilmoqda. Ulardan shundan 893 tasi xalqaro standartlarga uyg‘unlashgan standartlar, yana 309 tasi xalqaro va 6 tasi xorijiy davlatlarning standartlaridir.

Oziq-ovqat sanoatiga tegishli 3509 ta standart mavjud. Ulardan 2140 tasi xalqaro standartlarga uyg‘unlashgan va amalga kiritilgan. 

Yangiliklar lentasi
0