Virusdan davolangan fuqarolarni 14 kunlik reabilitatsiya qilish tartibi bekor qilindi

© Sputnik / Aleksey Mayshev / Mediabankka o‘tishMeditsinskie rabotniki odevayut sredstva individualnoy zashiti pered vxodom v "krasnuyu zonu"
Meditsinskie rabotniki odevayut sredstva individualnoy zashiti pered vxodom v krasnuyu zonu  - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
O‘zbekistonda ehtiyot chorasi sifatidan qo‘llanilgan reabilitatsiya amaliyotidan, retsidiv holatlar bo‘lmagani tufayli butunlay voz kechildi.

TOShKENT, 16-iyun - Sputnik. O‘zbekistonda so‘nggi kunlarda koronavirusdan tuzalgan bemorlarni 14 kunlik reabilitatsiya qilinmasdan, to‘g‘ridan-to‘g‘ri uylariga jo‘natish taribi yuzasidan SSV matbuot kotibi Furqat Sanayev izoh berdi. 

"Reabilitatsiya qiliangan bemorlar orasida biror marta kasallik takroran aniqlash holati qayd etilmadi. Shu sababli ham ushbu tajribadan voz kechildi", - deydi Sanayev.  

Matbuot kotibi so‘zlariga ko‘ra, bunday amaliyot faqat O‘zbekistonda ehtiyot chorasi sifatida qo‘llanilgan. Hatto dunyoning rivojlangan davlatlarida ham bu amaliyot qo‘llanilmagan. Undan tashqari koronavirusga chalinganlar ham aksariyat uy sharoitida davoalngan, faqat og‘ir holatlardagina shifoxonaga yotqizilgan. 

O‘zbekistonda kasallik davolab bo‘linganidan so‘nggi analizlar SEOMning maxsus virusologiya laboratoriyalarida qayta tahlildan o‘tkaziladi va faqat shundan keyingina uzil-kesil tashxis qo‘yiladi. Ana shunday takroriy chuqurlashtirilgan tekshiruvdan keyingina bemor tuzalgan hamda xavfsiz hisoblanadi.

Yangiliklar lentasi
0