O‘zbekistonda bir sutkada ikkinchi zilzila qayd etildi

© Getty ImagesSeysmograf. Zemletrasenie
Seysmograf. Zemletrasenie - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
O‘zbekistonda bir sutka ichida ikkinchi zilzila qayd etildi. Birinchisining epimarkazi Tojikistonda, ikkinchisi – Afg‘oniston hududida.

TOShKENT, 16-iyun — Sputnik. O‘zbekistonda bir sutka ichida ikkinchi zilzila qayd etildi.

Seysmografiya, arxivnoe foto - Sputnik O‘zbekiston
O‘zbekiston - Qirg‘iziston chegarasida zilzila sodir bo‘ldi

FVV Seysmoprognostik monitoring Respublika markazi xabar qiladi: 16.06.2020 yil, Toshkent vaqti bilan 14:21 da (16.06.2020 yil, Grinvich bo‘yicha 09:21 da) Afg‘onistonda zilzila sodir bo‘ldi. Zilzila koordinatalari: 36,72 gradus shimoliy kenglik; 70,81 gradus sharqiy uzunlik. Magnituda M=5,3. Chuqurlik 214 km. Zilzila episentridan Toshkentgacha masofa 524 km janubiy-sharqiy yo‘nalish bo‘yicha.

Zilzila O‘zbekiston hududida: Toshkent: 524 km, 2 ball. Namangan: 482 km, 2 ball. Andijon: 471 km, 2 ball. Farg‘ona: 416 km, 2 ball. Guliston: 455 km, 2 ball. Jizzax: 458 km, 2 ball. Samarqand: 469 km, 2 ball. Termiz: 319 km, 2 ball. Qarshi: 501 km, 2 ball. Navoiy: 603 km, 2 ball.

Eslatib o‘tamiz, bugun Toshkent vaqti bilan 06:30 da Tojikistonda bo‘lgan zilzilaning kuchi O‘zbekistonda ham sezildi.

Yangiliklar lentasi
0