Toshkentda aholi orasida yana koronavirus aniqlandi

Prizivniki dobrovolno uchastvuyut v obrabotke ulis i rinkov
Prizivniki dobrovolno uchastvuyut v obrabotke ulis i rinkov - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
O‘zbekistonda koronavirus bilan bog‘liq holat 4448 taga yetdi. Bemorlarning 8 nafari og‘ir, 1 nafari esa o‘ta og‘ir ahvolda.

TOShKENT, 9-iyun — Sputnik. O‘zbekistonda koronavirus holati 8 taga ko‘paydi.

“2020 yil 9-iyun soat 10:00 holatiga ko‘ra, O‘zbekistonda koronavirus infeksiyasi qayd etilganlar soni 4448 (+8) nafarni tashkil etmoqda”, - deyiladi Sog‘liqni saqlash vazirligi xabarida.

Glavniy saninspektor Uzbekistana - Nurmat Otabekov  - Sputnik O‘zbekiston
Talablarga bepisand fuqarolar tufayli vaziyat murakkablashishi mumkin – Otabekov

Yangi kasallanish holatlarining barchasi Toshkent shahrida aholi orasida aniqlangan. Ushbu holatlar bo‘yicha epidemiologik surishtiruv ishlari davom etmoqda.

Jami 3357 nafar koronavirusga chalingan fuqarolar sog‘aygan.

Hozirda mamlakatda 1073 nafar bemor davolanmoqda. Ulardan 8 nafari og‘ir, 1 nafari esa o‘ta og‘ir ahvolda.

Yangiliklar lentasi
0