Eron generali haqidagi ma’lumotni AQShga berganlikda ayblangan shaxs o‘limga mahkum qilindi

© Sputnik / Vladimir Fedorenko / Mediabankka o‘tishVid na telebashnyu Bordj-e Milad v Tegerane
Vid na telebashnyu Bordj-e Milad v Tegerane - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Eronda Amerika razvedkasiga general Qosim Sulaymoniyning bir joydan boshqa joyga harakatlanishi to‘g‘risidagi ma’lumotlarni berganlikda ayblangan shaxs qatl ettiriladi.

TOShKENT, 9-iyun — Sputnik. Eronda Amerika razvedkasiga general Qosim Sulaymoniyning bir joydan boshqa joyga harakatlanishi to‘g‘risidagi ma’lumotlarni berganlikda ayblanayotgan Mahmud Musaviy Majd o‘limga mahkum qilindi. Bu haqda RIA Novosti Eron davlat telekanali IRIB ma’lumotlariga asoslangan holda xabar qilmoqda.

Ta’kidlanishicha, Majdni Amerika markaziy razvedka boshqarmasi va Isroilning “Mossad” radvedkasi josusi deb atashmoqda.

Protestuyushie s fotografiyami ubitogo generala KSIR Kasema Suleymani i prezidentom Xassanom Rouxani, 3-yanvarya 2020 goda - Sputnik O‘zbekiston
Tehron Sulaymoniy o‘limi uchun Vashingtonga javob hali nihoyalanmaganini ma’lum qildi

“U Amerika dollari uchun Eron inqilob posbonlari korpusining “Quds” (unga Sulaymoniy boshchilik qilgan edi – Sputnik.) kuchlarida josuslik bilan shug‘ullangan, dushmanlarga Qosim Sulaymoniyning bir joydan boshqa joyga harakatlanishi to‘g‘risidagi ma’lumotlarni taqdim etgan”, - degan sud hokimiyati rasmiy vakili Gulomhusayn Ismoiliy.

Tez orada hukm ijro etilishi ta’kidlangan.

AQSh 3-yanvar kuni Bag‘dodda Eron generali Sulaymoniyni yo‘q qilish bo‘yicha harbiy amaliyot o‘tkazdi. Bunga javoban Eron Amerika harbiylari joylashgan Iroqdagi bazaga raketa zarbasini berdi. Avvaliga AQSh prezidenti Donald Tramp va Pentagon rahbari hujum oqibatida jabrlanganlar yo‘qligini ma’lum qildi. Keyinchalik jabrlanganlar borligi tan olindi.

Yangiliklar lentasi
0