Toshkentda avtobuslar harakati: jadval va cheklovlar

© Sputnik / Ramiz BaxtiyarovVozobnovlenie dvijeniya obshestvennogo transporta v Tashkente
Vozobnovlenie dvijeniya obshestvennogo transporta v Tashkente - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Faoliyati qayta tiklanadigan yo‘nalishlarning harakati soat 6:00 dan 22:00 gacha tashkil qilinadi. Avtobuslar saloniga faqatgina tibbiy niqobdagi yo‘lovchilarni kiritiladi.

TOShKENT, 8-iyun — Sputnik. Bugundan 1230 ta avtobuslar (shundan 1121 ta avtobus saroylari bo‘yicha va 109 ta xususiy korxonalar bo‘yicha) ishga chiqarilishi rejalashtirilgan. Bu haqda “Toshshahartransxizmat” kompaniyasi xabar qildi.

Faoliyati qayta tiklanadigan yo‘nalishlarning harakati soat 6:00 dan 22:00 gacha tashkil qilinadi. Avtobuslar doimiy ravishda har bir qatnovga jo‘nashdan oldin to‘liq dezinfeksiya qilinadi. Haydovchilar tibbiy niqob va qo‘lqoplar bilan ta’minlanadi va o‘z vaqtida almashtirilishi ta’minlanadi. Avtobuslar saloniga faqatgina tibbiy niqobdagi yo‘lovchilarni kiritiladi.

Avtobusi Tashkenta dezinfitsiruyutsya dlya predotvrasheniya infeksionnix zabolevaniy - Sputnik O‘zbekiston
O‘zbekistonda avtobus harakatlari qayta yo‘lga qo‘yiladi

Aniqlik kiritilishicha, Toshkent viloyatining Qibray, Toshkent, Zangiota tumanlari “qizil” hudud deb e’lon qilinganligi munosabati bilan yuqorida keltirilgan tumanlar hududigacha harakatlanuvchi 21 ta (8t, 9, 16, 25, 42, 56, 65, 74, 84, 101, 103, 115, 120, 134, 135, 144, 145, 148, 188, 198, 199-sonli) avtobus yo‘nalishlari vaqtinchalik faoliyat yuritmaydi.

Yo‘lovchilar tashish uzluksizligini ta’minlash maqsadida 3 ta (75, 106, 160-sonli) avtobus yo‘nalishlarining faoliyati faqatgina Toshkent shahri hududida Toshkent viloyati hududiga harakatlanmagan holda tashkil etiladi.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq 8-iyun kunidan boshlab “sariq” va “yashil” hududlarda, jumladan, Toshkent shahrida avtobus yo‘nalishlari faoliyatini qayta tiklanishi xabar qilingan edi.

Yangiliklar lentasi
0