Yevroparlament deputati ishtonsiz videoaloqaga chiqib, kulgiga qoldi

Obuna bo‘lish
Yevroparlement deputati ishtonsiz videokonferensiyada ishtirok etdi va hamkasblarining kulgusiga qoldi.

TOShKENT, 3-iyun — Sputnik. Yevroparlamentining irlandiyalik deputat Lyuk Flenagan videokonferensiya vaqtida hamkasblari oldiga noodatiy ko‘rinishda paydo bo‘ldi.

The Guardian yozishicha, Yevroparlament yig‘ilishi qishloq xo‘jalik muammolarini muhokama qilishga bag‘ishlangandi.

Deputat Flenagan to‘q rangli ko‘ylakda, ishtonsiz onlayn efirda paydo bo‘ldi.

Videoda deputat to‘shak ustida o‘tirgani, vaqti-vaqti bilan oyog‘ini silayotganini ko‘rish mumkin.

Deputat fermerlik haqida hisobot berayotgan edi.

Uni tinglagan hamkasblar kulishdan o‘zini tutolmadilar. Oxirida qishloq xo‘jaligi qo‘mitasi raisi irlandiyalik deputatga tabassum bilan nutqi uchun minnatdorchilik bildirdi.

Parlament a’zosi bu xijolatli holat haqida bilgach, bunga unchalik ahamiyat bermaganligini aytdi.

Yangiliklar lentasi
0