Dunyoda havosi eng toza bo‘lgan hudud aniqlandi

© Foto : NASA Goddard Space Flight CenterVid Zemli s orbiti Luni
Vid Zemli s orbiti Luni - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Insoniyatning Yerdagi faoliyati tufayli “tabiiy holda turgan” muhitga ega bo‘lgan joylar deyarli qolmadi. AQSh va Avstraliya tadqiqotchilari dunyoda havosi eng toza bo‘lgan hududni aniqladilar.

TOShKENT, 3-iyun — Sputnik. Kolorado shtati universiteti tadqiqotchilari va ularning avstraliyalik hamkasblari bilan birgalikda dunyoda havosi eng toza bo‘lgan hududni aniqladilar. RIA Novosti xabariga asosan. Olimlarning ishi Proceedings of the Natural Academy of Sciences jurnalida chop etildi.

Fontan v Tashkente - Sputnik O‘zbekiston
So‘nggi 16-yillik jazirama ob-havo rekordi yangilandi – O‘zgidromet

Insoniyatning Yerdagi faoliyati tufayli “hech kim tegmagan – tabiiy holda turgan” muhitga ega bo‘lgan joylar deyarli qolmadi. Olimlar fikriga ko‘ra, eng toza havoni Janubiy okean deb ataladigan - Antarktidani yuvadigan Tinch okeani, Atlantika va Hind okeanlari suvlarida topish mumkin. Tadqiqot mualliflarining ta’kidlashicha, bu joylar qit’alardan aerozol va chang ifloslanishining ta’sirini deyarli sezmadi.

Olimlar kemasi Tasmaniyadan Antarktida muzliklarigacha bo‘lgan masofani suzib o‘tdi. Yo‘l davomida tadqiqotchilar havo namunalarini olib, o‘rganishdi. Olimlarni pastki atmosferaning tarkibini aniqlashga imkon beradigan bakteriyalar qiziqtirdi.

Bakteriyalar atrof-muhitga to‘g‘ridan-to‘g‘ri okeandan kirib kelganligini ko‘rsatdi, bu ularning dastlabki farazlarini tasdiqladi.

"Antarktida janubiy qit’alardagi bakteriyalar tarqalishidan ajratilgan. Bu shuni ko‘rsatadiki, Janubiy okean - antropogen faoliyat deyarli ta’sir ko‘rsatmagan sanoqli hududlardan biri", - deydi tadqiqot mualliflaridan biri Tomas Xill.

Yangiliklar lentasi
0