Qo‘l ostidagi xodimlarni so‘kkan bosh vrach o‘z vazifasidan ozod etildi

© Spuntik / Vladimir FedorenkoPustoe kreslo
Pustoe kreslo - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Ijtimoiy tarmoqlarda xodimlarini o‘z kabinetida so‘kayotgan rahbarning videosi tarqaldi. Video “qahramoni” Toshkent viloyati Sanitariya -epidemiologiya osoyishtalik markazi bosh vrachi Baxtiyor Boltaboyev ekanligi ma’lum bo‘ldi.

TOShKENT, 2-iyun — Sputnik. Toshkent viloyati Sanitariya-epidemiologiya osoyishtalik markazi bosh vrachi o‘z vazifasidan ozod etildi, deb xabar qildi Sog‘liqni saqlash vazirligi matbuot xizmati.

Ijtimoiy tarmoqlarda xodimlarini o‘z kabinetida so‘kayotgan rahbarning videosi tarqaldi. Tez orada video “qahramoni” Toshkent viloyati Sanitariya -epidemiologiya osoyishtalik markazi bosh vrachi Baxtiyor Boltaboyev ekanligi ma’lum bo‘ldi.

Bugun Sog‘liqni saqlash vazirligi huzuridagi Sanitariya–epidemiologik osoyishtalik agentligi tomonidan xizmat tekshiruvi o‘tkazilib, mutaxassislar tomonidan o‘rganildi. Viloyat Sanitariya -epidemiologik osoyishtalik markazi bosh vrachi Baxtiyor Boltaboyevning qo‘l ostidagi xodimlari bilan o‘ta qo‘pol va axloqiy meyorlarga to‘g‘ri kelmaydigan tarzdagi suhbati  muhokama qilinib, qonunchilikda belgilangan tartibda tegishli chora ko‘rildi.

Bosh vrach Sog‘liqni saqlash vazirining birinchi o‘rinbosari, mazkur agentlik direktori Bahodir Yusupaliyevning tegishli buyrug‘i bilan o‘z vazifasidan ozod etildi.

Yangiliklar lentasi
0