Olimjon Umarov bosh vazir maslahatchisi etib tayinlandi

© Press-slujba Ministerstva po razvitiyu informatsionnix texnologiy i kommunikatsiy Olimjon Umarov
Olimjon Umarov - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Olimjon Umarov 2017-yilning iyunidan boshlab hozirgi vaqtga qadar Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirining birinchi o‘rinbosari lavozimida faoliyat yuritayotgan edi.

TOShKENT, 27-may — Sputnik. Olimjon Umarov O‘zbekiston bosh vazirining maslahatchisi IT-texnologiyalar, telekommunikatsiyalar va innovatsion faoliyatni rivojlantirish masalalari departamenti boshlig‘i lavozimiga tayinlandi. Bu haqda Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi xabar qildi.

Ushbu lavozim prezidentning 2020-yil 12-may PQ-4710-sonli qaroriga asosan joriy qilingan edi.

Umarov 2017-yilning iyunidan boshlab hozirgi vaqtga qadar O‘zbekiston Respublikasi Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirining birinchi o‘rinbosari lavozimida faoliyat yuritayotgan edi.

Yangiliklar lentasi
0