Sherzod Shermatov maktab bitiruvchilariga murojaat yo‘lladi

© Mejdunarodniy press-klubSherzod Shermatov, Ministr narodnogo obrazovaniya
Sherzod Shermatov, Ministr narodnogo obrazovaniya - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Xalq ta’limi vaziri o‘z murojaatida bitiruvchilar hayotda eng muhim qadamlarni boshlash arafasida ekanligini qayd etgan.

TOShKENT, 25-may — Sputnik. O‘zbekiston xalq ta’limi vaziri Sherzod Shermatov o‘zining Facebook’dagi sahifasi orqali maktab bitiruvchilariga murojaat yo‘lladi.

Vazir murojaatida bitiruvchilar hayotda eng muhim qadamlarni boshlash arafasida ekanligini qayd etgan.

Pustoy klass v shkole - Sputnik O‘zbekiston
O‘zbekiston maktablarida bitiruv imtihonlari bekor qilindi

Vazir hozirda bitiruvchilar asosiy vaqtlarini oliy ta’lim muassasalariga kirish uchun tayyorgarlikka sarflayotganiga ishonch bildirgan. Yaqinda ular uchun “Onlayn maktab” kanallarda Davlat test markazi bilan hamkorlikda test topshirishga tayyorgarlik va o‘ziga xos onlayn repetitorlik saboqlari boshlanishini ma’lum qilgan.

Shuningdek, Shermatov yoshlarga qo‘shimcha yordam sifatida yozda “Onlayn maktab” kanallarida ingliz tilini o‘rganish uchun qiziqarli filmlar va ko‘rsatuvlarni hamda onlayn platformalar orqali daromad topishni o‘rgatishga qaratilgan videodarslarni efirga berib borish ustida ish olib borilayotganini ta’kidlagan.

“Inson muvaffaqiyatining ko‘pi bilan 10 foizi omadga va tashqi omillarga, qolgan 90 foizi esa aynan o‘ziga bog‘liq ekanligi uchun yuqori maqsadlar qo‘yib, o‘z kuchingizga ishonib, tinmay harakat qilishingiz zarur! Eng asosiysi, vaqtingizni behuda o‘tkazmang! Vaqt hayotingizdagi eng qimmatbaho resurs hisoblanadi. Vaqtingizni doim o‘zingiz, oilangiz va jamiyatga foyda keltirish uchun sarf qiling hamda mamlakatimiz nufuzini oshirishga o‘z hissangizni qo‘shing!”, - deyiladi xalq ta’limi vaziri murojaati.

Vazir maktab bitiruvchilarining kelgusi faoliyatiga muvaffaqiyatlar tilab qolgan.

Eslatib o‘tamiz, bugun O‘zbekistondagi barcha maktab bitiruvchilari uchun so‘nggi qo‘ng‘iroq onlayn ravishda bo‘lib o‘tmoqda.

Yangiliklar lentasi
0