Jizzaxda fuqaro janjal vaqtida qulog‘ini tishlagan kishini pichoqlab qo‘ydi

CC0 / Pixabay / Noj v ruke
Noj v ruke - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
30 yoshli I.X mast holda ikki nafar sheriklari yo‘lda qo‘ylarini boqib yurgan fuqaro bilan o‘zaro janjallashgan. Ushbu janjal I.X.ning o‘limi bilan yakunlangan.

TOShKENT, 7-may — Sputnik. Jizzaxda mast kishini pichoqlab qo‘ygan fuqaro qo‘lga olindi.

Bosh prokuratura matbuot kotibining Sputnik nashriga ma’lum qilishicha, 6-may kuni Do‘stlik tumani hududidan o‘tgan “Jizzax shahar-Gagarin” temir yo‘l hududida fuqaro 30 yoshli I.X ikki nafar sheriklari bilan mast holatda shu yerda qo‘ylarini boqib yurgan 51 yoshli R.I. bilan o‘zaro janjallashib qolgan.

Vannaya komnata vo vremya zakata - Sputnik O‘zbekiston
Chirchiqda bir ayolning murdasi yuvinish xonasida yalang‘och holatda topildi

Keyin mast fuqaro R.I.ning bo‘yin qismidan bo‘g‘ib olib, o‘ng qulog‘idan tishlagan. Shu payt R.I. o‘zini himoya qilish maqsadida yonida bo‘lgan oshxona pichog‘i bilan uning ko‘krak va qorin qismiga ikki marotaba urib, qasddan o‘ldirgan.

Mazkur holat yuzasidan shu kuni R.I.ga nisbatan JKning 97-moddasi 1-qismi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan. Hozirda u ushlangan va tergov harakatlari olib borilmoqda.

Yangiliklar lentasi
0