O‘zbekistonda avtomobillar uchun stiker bekor qilinadi

© Sputnik / Ramiz BaxtiyarovStiker na lobovom stekle
Stiker na lobovom stekle - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
O‘zbekistonda stikerlar bekor qilinadi va shaxsiy avtomobillardan foydalanishga ruxsat beriladi. Vaziyat yomonlashsa, karantin choralari qayta tiklanadi.

TOShKENT, 5-may — Sputnik. O‘zbekistonda karantin qoidalari yumshatiladi. Xususan, avtomobillar uchun maxsus stikerlar bekor qilinadi. Bu haqda 2020-yil 5-may kuni prezident Shavkat Mirziyoyev raisligida bo‘lib o‘tgan videoselektor yig‘ilishida aytib o‘tildi.

Hozirda faoliyati tiklangan sanoat, qishloq xo‘jaligi va qurilish sohalariga qo‘shimcha ravishda xizmat ko‘rsatish subyektlari ham bosqichma-bosqich ishga tushirilishi belgilandi.  

Jumladan, epidemiologik vaziyat yaxshi bo‘lgan hududlarda, sanitariya talablarini belgilagan holda, nooziq-ovqat do‘konlari, tibbiy diagnostika, taksi xizmati, ta’mirlash, tikuvchilik, maishiy texnika va poyabzal tuzatish, sartaroshxonalar faoliyatiga ruxsat berish kerakligi qayd etildi. Shuningdek, stikerlar bekor qilinib, shaxsiy avtomobillardan foydalanish mumkin bo‘ladi.

Lekin, koronavirus to‘la bartaraf bo‘lmagani sababli, odamlar ko‘p to‘planadigan obyektlar, jumladan, teatr, konsert va sport zallari, to‘yxonalar, jamoat transporti bo‘yicha cheklovlar ma’lum muddatgacha saqlanib qoladi.

Respublika komissiyasiga xizmat ko‘rsatish turlarini qaysi hududlarda va qanday shartlar asosida yo‘lga qo‘yishni belgilash topshirildi.

"Epidemiologik vaziyat yaxshilangani sari cheklovlarni bekor qilishni davom ettiramiz. Aksincha, vaziyat yomonlashsa, karantin choralarini qayta tiklaymiz", – dedi Shavkat Mirziyoyev.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq Shavkat Mirziyoyev epidemiologik vaziyat ijobiy tomonga o‘zgarganidan foydalanib, iqtisodiyotda karantin rejimini asta-sekin yumshatmasak kerakligini ta’kidlagan edi. Chunki bu tartib iqtisodiyot rivojiga va aholi hayotiga juda katta salbiy ta’sir qilmoqda.

Yangiliklar lentasi
0