TOShKENT, 5-may — Sputnik. Tojikistonda ikkita partiya yetakchisida koronavirus aniqlandi.
Tojikiston Sotsial-demokratik partiyasi raisi Rahmatillo Zoyirov o‘zining Facebookʼdagi sahifasida 8 kundirki koronavirus bilan kasallanganini ma’lum qildi.
.
“8 kundirki koronavirus bilan og‘riganman. Salomatlik tilang. Do‘stlarimdan uyimga kelmaslikni so‘rayman”, - deya yozgan u.
Shuningdek, Tojikiston Demokratik partiyasi yetakchisi Saidjafar Usmonzoda ham koronavirus yuqtirib olgani va hozirda davolanayotganini ma’lum qilgan.
Tojikiston hukumati 30-aprel kuni mamlakatda koronavirus qayd etilganini rasman e’lon qildi. 4-may holatiga ko‘ra, Tojikistonda 230 ta koronavirus holati aniqlagan. Uch bemor vafot etgan.