Sardobada 4 kishi halok bo‘lgan 1 kishi bedarak yo‘qolgan - prezident

© Press-slujba prezidenta UzbekistanaSituatsiya v Sirdarinskoy oblasti, gde proizoshel proriv dambi na Sardobskom vodoxranilishe
Situatsiya v Sirdarinskoy oblasti, gde proizoshel proriv dambi na Sardobskom vodoxranilishe - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Davlatimiz, jamiyatimiz hech kimni bunday kutilmagan falokatlar qarshisida yolg‘iz va e’tiborsiz qoldirmaydi, dedi Shavkat Mirziyoyev Buxoro va Sirdaryoda sodir bo‘lgan favqulodda vaziyatlar borasida.

TOShKENT, 5-may - Sputnik. Sirdaryo viloyatidagi Sardoba suv omborida sodir bo‘lgan favqulodda vaziyatda  4 kishi halok bo‘lgan 1 kishi bedarak yo‘qolgan - dedi Shavkat Mirziyoyev 5-may kuni bo‘lib o‘tgan selektor yig‘ilishida. 

"Afsuski, hozirgacha 4 nafar fuqaromizning tabiiy ofat oqibatida halok bo‘lgani, 1 nafari bedarak yo‘qolgani aniqlandi. Jumladan, aholini xabardor qilish va qutqaruv ishlarini olib borish jarayonida Milliy gvardiyaning 2 nafar xodimini kuchli suv oqimi olib ketgan. Ular o‘z jonini fido qilib, yuzlab, minglab insonlar hayotini saqlab qolishdi", - deyilgan prezident nutqida. 

Undan tashqari, Sardoba, Oqoltin, Mirzaobod tumanlaridagi 24 ta mahalladan 90 mingga yaqin fuqaro zudlik bilan xavfsiz hududga evakuatsiya qilingan va ularning barchasiga birinchi darajali zarur sharoitlar yaratilib, oziq-ovqat, kiyim-kechak va boshqa mahsulotlar yetkazilmoqda, - dedi prezident. 

Bugungi kunda qator mahallalarda keng qamrovli tozalash-tiklash ishlari amalga oshirilyapti, natijada 53 mingdan ziyod aholi o‘z uylariga qaytishi yoki yaqin qarindoshlari uyiga ko‘chib o‘tishi ta’minlandi.

Odamlarimiz hayotini saqlab qolish va evakuatsiya qilishda Favqulodda vaziyatlar, Ichki ishlar va Mudofaa vazirliklari, Milliy gvardiya xizmatchilari muhim rol o‘ynadi. Bugungi kunda ular avariya va tiklash ishlariga keng jalb etilgan.

Halok bo‘lganlarning yaqinlari va oila a’zolariga o‘zimning chuqur hamdardligimni bildiraman. Yigitlarimizning jasorati barcha kasbdoshlari va yoshlar uchun Vatanga, xalqimizga sodiqlik va fidokorona xizmat qilishning namunasi bo‘lib qoladi, - dedi prezident o‘z nutqida.

Shavkat Mirziyoyeving nutqi bilan quyida to‘liq tanishishingiz mumkin. 

Yangiliklar lentasi
0