Sardoba fojiasi: aybdorlar qonun oldida javob beradi - Shavkat Mirziyoyev

© Press slujba prezidentaShavkat Mirziyoyev priyexal v Sirdarinskuyu oblast
Shavkat Mirziyoyev priyexal v Sirdarinskuyu oblast - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Prezident Sardobada sodir bo‘lgan halokat yuzasidan keng qamrovli tergov ishlari olib borilayotganini va aybdorlar qonun oldida javob berishini ta’kidladi.

TOShKENT, 5-may - Sputnik. O‘zbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyev Sirdaryo viloyatida sodir bo‘lgan texnogen falokat buyicha tergov harakatlari boshlangani va aybdorlar qonun oldida javob berishini qat’iy ta’kidladi

"Xalqimiz bir narsadan ko‘ngli to‘q bo‘lishi kerak, hech qanday ortiqcha gap-so‘zlarga va mish-mishlarga o‘rin bo‘lmasligi lozim. Mening topshirig‘imga ko‘ra huquqni muhofaza qiluvchi organlar tomonidan suv toshqini bilan bog‘liq voqea yuzasidan obyektiv, xolis va keng qamrovli tergov harakatlari boshlangan. Xalqimizni ishontirib aytaman, tergov yakunlari bo‘yicha barcha aybdorlar, kim bo‘lishi va egallab turgan lavozimidan qat’i nazar, qonun oldida javob beradi", - dedi Shavkat Mirziyoyev. 

Undan tashqari O‘zbekiston prezidenti ushbu falokatdan so‘ng xalqaro ekspertlarni jalb etgan holda to‘g‘onning barcha dambalarini chuqur ekspertizadan o‘tkazilishini aytib o‘tdi. 

Shuningdek, tegishli davlat organlari tomonidan kuchli yog‘ingarchilik sababli eroziya yuzaga kelishi mumkin bo‘lgan barcha gidroinshootlar, to‘g‘onlar va GESlarda tekshiruv ishlari olib borilayotgani aytib o‘tildi.

Yangiliklar lentasi
0