TOShKENT, 5-may - Sputnik. Rossiyaning AQShdagi elchixonasi Rossiyaga qarshi materiallari uchun New York Times gazetasiga "Pulitser" mukofoti taqdim etilishini qoraladi.
Seshanba kuni "Pulitser" mukofotining tashkiliy qo‘mitasi New York Times nashrini "Xalqaro jurnalistika" nominatsiyasida Rossiya rahbariyati tomonidan amalga oshirilgan "yirtqich xatti-harakatlarni fosh qiluvchi bir qator qiziqarli voqealarni yozgani uchun" mukofot bilan taqdirlangani ma’lum bo‘ldi.
Rossiya elchixonasi qayd etishicha, uch yil oldin NYT Rossiyani yovuzlashtirishi uchun mukofot olgan edi.
"Rossiyaga qarshi materiallarda nafaqat Rossiya rasmiylari tomonidan, balki hayotning o‘zi raddiya bergan bayonotlarga shu tariqa e’tibor qaratib, mukofotning tashkiliy qo‘mitasi o‘z zimmasiga juda katta javobgarlikni olmoqda. Agar ta’kidlanganidek, bunda "katta xavf "mavjud bo‘lsa ham, bunda faqatgina qo‘mita obro‘si uchun havf bor", - deyiladi Rossiya diplomatik vakolatxonasining Feysbukdagi habarida.
Elchixona Amerika nashrining maqolalari qatorini "soxta faktlarni yaratishda qo‘llanma sifatida o‘rganilishi mumkin bo‘lgan rusofob soxta uydirmalar to‘plami" deb nomladi.
Avvalroq Sputnik radiosi Rossiya TIVning rasmiy vakili Mariya Zaxarova Rossiya atrofida "soxta ma’lumotlar pandemiya"sining paydo bo‘lishi haqida gapirgani haqida habar bergan edi.