Xalq qabulxonalari ham Sardobaga yordam jo‘natdi

© Narodnie priyemnie prezidentaNarodnie priyemnie prezidenta otpravlyayut pomosh v Sirdaryu
Narodnie priyemnie prezidenta otpravlyayut pomosh v Sirdaryu - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Toshkent shahrida joylashgan Prezident xalq qabulxonalari Sardobadagi ofatdan aziyat chekkan oilalarga oziq-ovqatlar, gigiyenik vositalar va o‘quv qurollari yuborishdi.

TOShKENT, 5-may - Sputnik. Bugungi kunda Sardobada zarar ko‘rgan aholiga odiiy xalqdan tortib barcha davlat muassasalari ham yordam ko‘rsatmoqda. Shu jumladan joylardagi prezident xalq qabulxonalari ham o‘z xayriyalarini jamlab jo‘natishdi. 

Xususan, Toshkent shahridagi Prezident Xalq qabulxonasi tomonidan bir necha yuk avtomashinalarida jami 50 million so‘mdan ziyod kundalik ro‘zg‘or uchun zarur bo‘lgan kartoshka, piyoz, karam, sabzi, un, go‘sht, yog‘, makaron, turli konserva va shirinliklar, shakar, tuxum, guruch, sut mahsulotlari va boshqa oziq-ovqatlar bilan birga issiq kiyim-kechaklar, ro‘zg‘or buyumlari, gigiyenik vositalar, badiiy kitoblar, o‘quv qurollari va boshqa turdagi mahsulotlardan iborat “Saxovat karvoni” Sirdaryo viloyatiga yetkazildi, - deyilgan muassasa xabarida.

Eslatib o‘tamiz, 1-may erta tongda Sirdaryo viloyatida joylashgan "Sardoba" suv ombori to‘g‘onida yorilish yuz berib suv oqib chiqqan va bir necha qishloqlar suv ostida qolgan edi. FVV va boshqa davlat hukumat organlari vaziyatga tezkorlik bilan chora ko‘rib, 11 mingdan ortiq aholini qo‘shni hududlarga xavfsiz joylarga ko‘chirgan edi.

© Narodnie priyemnie prezidentaNarodnie priyemnie prezidenta otpravlyayut pomosh v Sirdaryu
Xalq qabulxonalari ham Sardobaga yordam jo‘natdi - Sputnik O‘zbekiston
Narodnie priyemnie prezidenta otpravlyayut pomosh v Sirdaryu
Yangiliklar lentasi
0