Isroil shifokorlari koronavirusni davolashda muvaffaqiyatga erishganliklarini aytishdi

© Sputnik / Nina Alekseyeva / Mediabankka o‘tishMinzurka s biomaterialom vzataya u patsiyenta v poliklinike
Minzurka s biomaterialom vzataya u patsiyenta v poliklinike - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Isroil olimlari COVID-19 koronavirus infeksiyasi davosini ishlab chiqishda "sezilarli siljish"ga erishdilar.

TOShKENT, 5-may - Sputnik. Isroil olimlari COVID-19 koronavirus infeksiyasi davosini ishlab chiqishda "sezilarli siljish"ga erishdilar. Bu haqda Isroil mudofaa vaziri Naftali Bennett ma’lum qildi.

Probirki s krovyu - Sputnik O‘zbekiston
Shifobaxsh qon: ekspert COVID-19dan davolashning yangi uslubi mohiyati haqida so‘zlab berdi

Isroil biologik tadqiqotlar institutining laboratoriyasiga tashrifida unga virusni bostiradigan antitelalarning faoliyati namoyish etildi.

"Bu virusga noyob tarzda hujum qiladigan va uni bemorlarning tanasida zararsizlantiradigan antitelalardir", - vazirning so‘zlarini keltiradi Sputnik radiosi i24 nashri ma’lumotiga asoslanib.

Olimlarning ta’kidlashicha, antitelalarning ishlab chiqish bosqichi tugallangan, endi laboratoriya o‘z ishini ko‘ngillilarda sinovlar doirasida davom ettiradi.

Yangiliklar lentasi
0