Hind aktori Rishi Kapur olamdan o‘tdi

© Sputnik / RIA Novosti / Mediabankka o‘tishKapur i Djafri v xudojestvennom filme "Cherniy prins Adjuba"
Kapur i Djafri v xudojestvennom filme Cherniy prins Adjuba - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Ayni vaqtda aktorning hamkasblari va hind siyosatchilari ham Rishi Kapur vafoti munosabati bilan ta’ziya bildirishmoqda.

TOShKENT, 30 apr – Sputnik. Hind aktori Rishi Kapur 68 yoshida Mumbaydagi kasalxonalardan birida saraton kasalligidan so‘ng vafot etdi, deb xabar bermoqda RIA Novosti.

Prezident Pakistana Muxammed Ayyub Xan, premyer-ministr Indii Lal Baxadur Shastri i predsedatel Soveta Ministrov SSSR Aleksey Nikolayevich Kosigin - Sputnik O‘zbekiston
Hindistonda "Toshkent ishi" nomli film ekranlarga chiqmoqda

Rishi Kapur - aktor va rejissor Raj Kapurning o‘g‘illaridan biridir.

Ta’kidlanishicha, o‘tgan yilning sentabrida AQShda saraton kasalligidan davolangach, Hindistonga qaytib kelgan.

Fevral oyida ikki marta sog‘lig‘idagi muammolar tufayli kasalxonaga yotqizilgan.

Ayni vaqtda aktorning hamkasblari va hind siyosatchilari ham Rishi Kapur vafoti munosabati bilan ta’ziya bildirishmoqda.

O‘zbekistonda ham Rishi Kapurni bilgan mashhurlar bu borada postlar yozishga ulgurdi.

Xususan, Xalqaro press-klub raisi, Jurnalistika va ommaviy kommunikatsiyalar universiteti rektori Sherzodxon Qudratxo‘jayev aktorning yaqinlariga ta’ziya va sabr bildirgan holda Feysbukdagi akkauntida quyidagilarni yozib qoldirgan:

"2006 yil Rishi Kapur akasi Randxirji bilan yurtimizga kelgandi, Nitin Mukesh xam, ushanda Rishi bilan yaqindan tanishdik, Samarqand va Namanganga bordik, saxnaga chiqib "Meshayl tu naxi"ni ijro qilganida zal mazza qilgani, ko‘pchilikni ko‘zi zavq va yoshga to‘lgani xamon xotiramda. So‘ng biz Mumbayga bordik, Radj va Krishna Kapur xonadonida tushlik qildik, ikki aka-uka, onasi, Karishma Kapur bilan 2 soatdan ziyod rosa mazza qilib suxbatlashdik. U samimiy va beg‘ubor odam edi. Yoshligimda yakshanba kuni otam albatta "Bobbi" filmidan musiqalarni magnitafonda qo‘yardilar... Xullas nostalgiya... Yaxshi artist va inson edi... ammo barchamiz o‘lim sharbatini totamiz..."

Yangiliklar lentasi
0