Yana uchta oliygohda yuridik fakultetlar ochiladi

© FacebookTashkentskiy gosudarstvenniy yuridicheskiy universitet (TGUU)
Tashkentskiy gosudarstvenniy yuridicheskiy universitet (TGUU) - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Toshkent davlat yuridik universiteti bazaviy oliy ta’lim va ilmiy-metodik muassasa etib belgilandi va u yerda xalqaro huquq va qiyosiy huquqshunoslik fakulteti tashkil etiladi. 

TOShKENT, 30 apr – Sputnik. Samarqand, Namangan va Termiz universitetlarida yuridik fakultetlar tashkil etiladi. Bu haqida “O‘zbekiston Respublikasida yuridik ta’lim va fanni tubdan takomilashtirish bo‘yicha qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi prezident farmonida aytib o‘tilgan.

Samarqand, Namangan va Termiz davlat universitetlarida yuridik fakultetlar tashkil etiladi va “yurisprudensiya” yo‘nalishi bo‘yicha belgilangan tartibda shakllantiriladigan va tasdiqlanadigan kvotalar bo‘yicha qabul, shu jumladan tabaqalashtirilgan to‘lov kontrakt asosida qo‘shimcha qabul amalga oshiriladi, - deyilgan hujjatda.

Toshkent davlat yuridik universiteti “yurisprudensiya” mutaxassisligi bo‘yicha yuridik kadrlarni tayyorlash, qayta tayyorlash bo‘yicha bazaviy oliy ta’lim va ilmiy-metodik muassasa etib belgilandi va TDUUda xalqaro huquq va qiyosiy huquqshunoslik fakulteti tashkil etiladi. 

Shuningdek, farmonga ko‘ra davlat, huquq va siyosiy-huquqiy fikr sohasida fundamental va amaliy tadqiqotlarni amalga oshiradigan Fanlar akademiyasining Davlat va huquq instituti tashkil etiladi.

Yangiliklar lentasi
0