Rossiyada qisqa vaqt ichida 16ta infeksion markaz ishga tushiriladi

© Sputnik / Yevgeniy Odinokov / Mediabankka o‘tishProdoljayetsya stroitelstvo infeksionnogo sentra Minoboroni RF v Odinsovo
Prodoljayetsya stroitelstvo infeksionnogo sentra Minoboroni RF v Odinsovo - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Rossiya Mudofaa vazirligi tez fursatda koronavirus bilan kasallanganlar uchun 16ta tibbiy markaz qurib foydalanishga topshiradi.

TOShKENT, 30 apr - Sputnik. Bugun Rossiyada koronavirus bilan kasallanganlar uchun 6ta tibbiy markaz foydalanishga topshiriladi, deb xabar qilmoqda RIA Novosti. 

Nijniy Novgorod, Odinsovo shaharlaridagi tibbiy markazlar allaqachon ishga tushirilgan. Podolsk, Smolensk, Rostov-na-Donu, Volgograd, Novosibirsk va Orenburg shaharlaridagi markazlar 30-aprel kuni ishga tushiriladi, - dedi Sergey Shoygu.

Biroz oldin Rossiya prezidenti Vladimir Putin harbiylarga qisqa vaqt ichida 16ta ko‘p funksiyali tibbiy markazlar qurishni topshirgan edi. Mudofaa vaziri Sergey Shoygu markazlar 15-mayga qadar qurib bitkazilishini va ularda 1600 nafar kasallarni joylashtirish mumkin bo‘lishini xabar qilgan edi.

Avtomobil kommunalnix slujb dezinfitsiruyet dorogi i trotuari u Krasnoy ploshadi v Moskve - Sputnik O‘zbekiston
Rossiya koronavirus holati bo‘yicha Xitoyni ortda qoldirdi

Koronavirusga qarshi kurash markazlari Kamchatkadan kaliningradgacha bo‘lgan 15ta viloyatda quriladi. Markazlar Mudofaa vazirligining harbiy gospitallari asosida quriladi. Ushbu markazlar qurilishiga Rossiya rezerv fondidlan 8,8 milliard rubl mablag‘ ajratilgan,  500 mingta tibbiy uskunalar xarid qilingan va 400 nafar harbiy shifokorlar, 950 nafar o‘rta va 800 nafar kichik tibbiy personal ishlashi ko‘zda tutilgan. 

Yangi tibbiyot markazlarida ishlayotgan tibbiy xodimlar orasida ham harbiy ham fuqaro mutaxassislari bor. Ular maxsus tayyorgarlikdan o‘tgan. Shifokorlar Sankt-Peterburgdagi Kirov nomidagi harbiy-tibbiyot akademiyasida maxsus tayyorgarlik va malaka oshirish kurslaridan o‘tgan. 

Eslatib o‘tamiz, bugungi kunda Rossiyada koronavirusga chalinganlar soni 100 mingga, dunyo bo‘yicha - 3 million kishiga yaqinlashgan. Qurbonlar soni 202 mingdan oshib ketgan. 

Yangiliklar lentasi
0