Karantin qoidalarini buzganlardan undirilgan mablag‘ qayerga yo‘naltirildi

Obuna bo‘lish
O‘zbekistonda karantin qoidalarini buzgan shaxslar 45,8 milliard so‘m jarimaga tortilgan. Shundan 14,0 milliard so‘m undirilgan.

TOShKENT, 30 apr — Sputnik. Karantin qoidalarini buzgan shaxslar 45,8 milliard so‘m jarimaga tortildi. Undirilgan 14,0 milliard so‘mning 50 foizi davlat budjetiga, qolgan 50 foizi IIV budjetiga tushgan. Bu haqda bosh davlat sanitariya inspektori Nurmat Otabekov ma’lum qildi.

Sotrudnikami Natsionalnoy gvardii i Ministerstvo vnutrennix del bilo viavleno 2350 sluchayev nesoblyudeniya karantinnogo rejima - Sputnik O‘zbekiston
Karantin qoidalarini buzish bo‘yicha yetakchi hudud aytildi

“Karantin boshlangandan buyon, 27-aprel holatiga ko‘ra, niqob taqmagan va karantin rejimini buzgan, sanitariya va gigiyena qoidalariga rioya qilmagan 71 028 shaxsga nisbatan Davlat inspeksiyasi, IIV, Milliy gvardiya xodimlari tomonidan bayonnoma tuzildi va 45,8 milliard so‘m jarimaga tortilgan”, - dedi u AOKAdagi brifingda.

Otabekovning so‘zlariga ko‘ra, shundan 14,0 milliard so‘m undirilgan.

“Kelib tushgan mablag‘ning 50 foizi davlat budjetiga yo‘naltirildi, qolgan mablag‘ning 50 foizi IIV budjetiga tushgan”, - deya oydinlik kiritdi Nurmat Otabekov.

Fuqarolar karantin tadbirlari va sanitariya qoidalarini buzganlik uchun Jinoyat kodeksining 257-1-moddasi va Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodekning 54-moddasi muvofiq jarimaga tortiladilar.

Yangiliklar lentasi
0