Kaliningradga yo‘l oldi. "Akademik Cherskiy" yo‘nalish manzilini o‘zgartirdi

© Sputnik / Aleksey Kudenko / Mediabankka o‘tishPusk v ekspluatatsiyu vtoroy vetki gazoprovoda "Severniy potok"
Pusk v ekspluatatsiyu vtoroy vetki gazoprovoda Severniy potok - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Ta’kidlanishicha, kema Shimoliy dengizni Boltiq dengizi bilan bog‘laydigan, tubidan bitqazilmagan quvur o‘tgan Skagerrak bo‘g‘ozi orqali suzishni davom ettirmoqda. Kema Kaliningradga birinchi iyulga yetib kelishi kerak.

TOShKENT, 30 apr - Sputnik. "Shimoliy Oqim-2" gaz quvurini tugatishga qodir "Akademik Cherskiy" quvur yotqizuvchi kemasi yana bir bor yo‘nalishni o‘zgartirganini e’lon qildi – endi Naxodkadan Kaliningradga, deb xabar beradi RIA Novosti Marine Traffic portaliga asoslanib.

Ekspert Finansovogo universiteta pri Pravitelstve RF, vedushiy analitik Fonda natsionalnoy energeticheskoy bezopasnosti Igor Yushkov - Sputnik O‘zbekiston
Yushkov: Polsha "Shimoliy oqim-2" ni to‘xtatishga harakat qilmoqda

Ta’kidlanishicha, kema Shimoliy dengizni Boltiq dengizi bilan bog‘laydigan, tubidan bitqazilmagan quvur o‘tgan Skagerrak bo‘g‘ozi orqali suzishni davom ettirmoqda. Kema Kaliningradga birinchi iyulga yetib kelishi kerak.

"Akademik Cherskiy"  "Gazprom flot" MChJ bilan 2016-yildan beri ishlaydi. Rossiya Energetika vaziri Aleksandr Novak 2019-yil dekabr oyida Rossiya tomoni kemani gaz quvurini qurishni tugatishi mumkin bo‘lgan variant deb ko‘rayotganini, ammo bunga tayyorgarlik ko‘rish uchun biroz vaqt kerak bo‘ladi deb ta’kidlagan.

O‘tgan yilning oxirida AQSh "Shimoliy oqim-2"ni amalga oshirishda ishtirok etgan kompaniyalarga qarshi sanksiyalarni nazarda tutadigan mudofaa budjetini qabul qildi. Gaz quvurini yotqizish bilan shug‘ullanadigan Allseas Shveysariya kompaniyasi deyarli darhol ish to‘xtatilishini e’lon qildi.

Avvalroq Sputnik radiosi "Akademik Cherskiy" quvur yotqizuvchi kemasining joylashuvi aniqlangani haqida xabar qilgandi.

Yangiliklar lentasi
0