Moskva Anqarani Suriyadagi harakatlari uchun olqishladi

© REUTERS / STRINGERTureskiy voyenniy konvoyv Kilise, nedaleko ot turesko-siriyskoy granisi
Tureskiy voyenniy konvoyv Kilise, nedaleko ot turesko-siriyskoy granisi - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Idlibda Rossiya va Turkiya harbiy kuchlari M4 trassasi bo‘ylab xavfsizlik yo‘lagini yaratish va qo‘shma patrullarni tashkil qilishmoqda.

TOShKENT, 24 apr - Sputnik. Moskva Anqaraning Suriyaning Idlib viloyatidagi M4 trassasidan jangarilarni quvib chiqarishga urinishlarini yuqori baholadi, dedi Rossiya TIV vakili Mariya Zaxarova brifingda.

Uning eslatishicha, Idlibdagi Rossiya va Turkiya harbiy kuchlari M4 trassasi bo‘ylab xavfsizlik yo‘lagini yaratish va qo‘shma patrullarni tashkil etish bo‘yicha 5-martdagi Rossiya-Turkiya qo‘shimcha protokolini amalga oshirish choralarini ko‘rishmoqda.

"Ammo bu harakatlar deeskalatsiya hududida qolayotgan radikal guruhlar tomonidan faol qarshi harakatlarga duch kelmoqda. Shu munosabat bilan biz Anqara M4 trassasida jangarilarni haydab chiqarish harakatlarini yuqori baholaymiz", - dedi Zaxarova.

RF, shuningdek, mo‘’tadil muxolifat oxir-oqibat terrorchilarni zararsizlantirish bilan bir qatorda alohida ajrab chiqishiga umid qilmoqda, deya qo‘shimcha qildi u.

5 martdagi muzokaralar chog‘ida Rossiya prezidenti Vladimir Putin va Turkiya yetakchisi Toyyib Erdo‘g‘on "Ostona formati"ga sodiq ekanliklarini yana bir bor tasdiqladilar va juma kuni yarim tundan boshlab o‘t ochishni to‘htatish rejimini joriy etilganini e’lon qildilar. Bundan tashqari, yetakchilar muhim M4 trassasini  birgalikda qo‘riqlashga kelishib oldilar.

Mart oyi o‘rtalarida Sputnik  radiosi Turkiyada Idlibdagi Rossiya bilan birinchi patruli haqida aytilganligi haqida xabar bergan edi.

 

Yangiliklar lentasi
0