O‘zbekistondagi yirik obyektlarda qurilishlar qayta tiklanadi

© Sputnik / Dilshoda RaxmatovaOdin den s xokimom Yashnabada - Xojiakbarom Tillyashayxovim
Odin den s xokimom Yashnabada - Xojiakbarom Tillyashayxovim - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Maxsus komissiya yirik obyektlarda sanitariya va gigiyena qoidalariga to‘liq rioya qilgan holda qurilish, rekonstruksiya va ta’mir ishlarini olib borishga ruxsat berdi.

TOShKENT, 15 apr — Sputnik. O‘zbekistondagi yirik obyektlarda qurilishlar qayta tiklanadi. Bu haqda Respublika maxsus komissiyasining tegishli qarori qabul qilindi.

Iqtisodiyot tarmoqlarining muhim yo‘nalishlari va yirik ishlab chiqarish tashkilotlari faoliyatini davom ettirish, shuningdek, yirik qurilish obyektlarida qurilish, rekonstruksiya qilish va ta’mirlash ishlarini davom ettirish (boshlash)ga ruxsat berilishi belgilandi.

Qayd etilishicha, tegishli ruxsatlar Respublika maxsus komissiyasining hududiy shtablari rahbarlari qarori asosida beriladi.

Bunda obyektlarda sanitariya va gigiyena qoidalariga to‘liq rioya etilishi, xodimlarning ovqatlanishi esa bevosita ushbu obyektlarning o‘zida tashkillashtirilishi lozim.

Yangiliklar lentasi
0