Karantin va o‘z-o‘zini yakkalash rejimining farqi nimada - shifokor izohi

© Sputnik / Ramiz BaxtiyarovDorojniy znak s nadpisyu "Karantin"
Dorojniy znak s nadpisyu Karantin - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Karantin qanchalik qattiq bo‘lsa, ruhiy, tibbiy va iqtisodiy muammolar shunchalik ko‘p bo‘ladi, lekin infeksiya tarqalish ehtimoli shunchalik kam bo‘ladi, deydi rossiyalik shifokor Masnikov.

TOShKENT, 14 apr - Sputnik. Karantin va o‘z-o‘zini izolyatsiya qilish tartibi koronavirusdan himoya qilishning bir-biriga o‘xshash choralari, ammo bir nechta muhim farqlari mavjud va ular turli xil oqibatlarga olib keladi deydi RIA Novostiga shifokor va teleboshlovchi Aleksandr Masnikov.

Noviy koronavirus atipichnoy pnevmonii SARS-CoV-2. Takje izvestniy kak 2019-nCoV - Sputnik O‘zbekiston
Koronavirus bosh miyani jarohatlashi mumkin – Rossiya olimlari

Agar hamma majburiy karantinga olinsa, koronavirus infeksiyasining tarqalishini to‘xtatish oson. Uydan chiqishni taqiqlash ish beradi va pandemiyani to‘xtatishi mumkin, ammo hozirgi kunga qadar vaziyat bu qadar jiddiy emas, shuning uchun bunday choralarga zarururiyati yo‘q. Aynan shuning uchun rossiyaliklar o‘zlariga karantinga ko‘proq "moslashuvchan" yondoshishga yo‘l qo‘yishmoqda, deb hisoblaydi Aleksandr Masnikov.

"Biz qilayotgan harakatlar karantin emas va hatto o‘z-o‘zini izolyatsiya qilish ham deb bo‘lmaydi. Karantin tamoyili shundan iboratki, odamlar infeksiyani yuqtirmasliklari uchun bir-birlari bilan mutlaqo aloqa qilmaydilar, ammo biz bunga amal qilmayapmiz. Bizda jamoat transporti ishlamoqda va unda shifokorlar, politsiyachilar va sotuvchilar ishiga yo‘llanishmoqda. Har qanday  tarzda biz karantin tamoyillaridan chekinmoqdamiz. Biz bu chekinishga qanchalik moslashuvchan ekanligimizni aytolmayman", - dedi shifokor Masnikov.

Aleksandr Masnikov tilga olgan karantinga moslashuvchanlik hozirgi paytda butun Rossiyada amal qilinayotgan o‘z-o‘zini izolyatsiya qilish rejimida namoyon bo‘lmoqda. Agar bu yengilliklar bo‘lmaganda edi, rossiyaliklar COVID-19dan ham yomonroq vaziyatlarga duch kelishi mumkin edi, deydi shifokor Sputnik Radiosiga.

"Men aminmanki, izolyatsiyani ma’lum bir belgilangan muddatlardan cho‘zilib ketmasligi kerak, aks holda bu shunday muammolar chiqib kelishi mumkinki, ularning oldida COVID-19 holva bo‘lib qoladi. Shu kunlarda oilaviy zo‘ravonliklar, ruhiy kasalliklar, surunkali kasalliklarning kuchayishi juda ko‘p kuzatilmoqda. Odamlarning iqtisodiy holati yomonlashishi bilan bunday holatlar yanada kuchaymoqda. Bu yerda uzviy bog‘langan tomir sistemasi kabi: karantin qanchalik qattiq bo‘lsa, ruhiy, tibbiy va iqtisodiy muammolarning oqibatlari shunchalar ko‘p bo‘ladi, ammo karantin qancha oz bo‘lsa, infeksiyalarning yuqishi ehtimoli shunchalik yuqori bo‘ladi", - deya tushuntirdi shifokor Masnikov.

Koronavirus infeksiyasi havo tomchilari orqali yuqadi, shuning uchun o‘z-o‘zini himoya qilishning eng sodda usuli masofaviy ish rejimiga o‘tish va maxsus ehtiyojsiz uyni tark etmaslikdir. Boshqa odamlar bilan qanchalik kam aloqa qilsangiz, shuncha yaxshi bo‘ladi.

Eslatib o‘zamiz, O‘zbekiston hududida 14-aprel holatiga kasallanganlar soni 1054 kishini tashkil qilmoqda. Shu kunga qadar koronavirusdan 4 kishi vafot etdi, davolanib chiqqanlar soni 85 kishini tashkil qildi. Rossiya, O‘zbekiston va dunyodagi COVID-19 bilan bog‘liq so‘nggi ma’lumotlar stopkoronavirus.rf va coronavirus.uz portallarida keltirilgan.

Yangiliklar lentasi
0