Chekish koronavirusdan himoya qiladimi - shifokor izohi

© Sputnik / Konstantin ChalabovMujchina kurit sigaretu
Mujchina kurit sigaretu - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Chekish qo‘shimcha xavf omili - shifokor chekish va koronavirus o‘rtasida qanday bog‘liqlik borligini tushuntirdi.

TOShKENT, 13 apr - Sputnik. Koronavirus infeksiyasi chekuvchilarga qanday ta’sir qilishi haqida Sputnik radiosiga bergan intervyusida Bloxin nomidagi Onkologiya markazi profilaktika bo‘limi boshlig‘i Vladimir Levshin aytib o‘tdi.

Koronavirus infeksiyasi keltirib chiqaradigan kasallikning kechishi og‘irligi nuqtayi nazaridan - chekish qo‘shimcha xavf omilidir, dedi Sputnik radiosiga bergan intervyusida N.N. Bloxin nomidagi Milliy onkologiya ilmiy tekshirish markazi profilaktika bo‘limi boshlig‘i Vladimir Levshin.

Uning so‘zlariga ko‘ra, vaqti-vaqti bilan chekish koronavirusdan himoya qiladi degan xabarlar haqiqatga mutlaqo to‘g‘ri kelmaydi. Olimlar hamon koronavirus keltirib chiqaradigan COVID-19 kasalligi haqida ma’lumotlarga to‘liq ega emas. Ammo hozir ishonch bilan ayta olamizki, agar tajribali chekuvchi odam virusni yuqtirsa, uning sog‘lig‘i chekmaydigan odamning tanasidan farqli o‘laroq jiddiyroq oqibatlarga duch keladi.

"Hozirda shunday feyklar paydo bo‘lyaptiki, go‘yo chekish koronavirusdan himoya qiladi. Bu, albatta, bema’nilikdir. Chekish koronavirusdan saqlamaydi, aksincha chekuvchilarning o‘zlarida mavjud  kasalliklari orqali koronavirus infeksiyasi kechishini og‘irlashtiradi. 5-6 yildan beri chekadigan har qanday odam, kamida surunkali bronxit bilan kasallangan. Surunkali bronxit mavjud bo‘lsa, pnevmoniyaga chalinish xavfi bir necha bor ortadi", - deya tushuntirdi Vladimir Levshin.

Chekish infeksiyalardan himoya qila olmasligi haqida barcha dalillar borligiga qaramay, bu feyk yo‘qolmayapti, buning sababi esa, shifokorning fikricha, faqatgina psixologik omil.

"Ashaddiy chekuvchilar bor, ular ko‘p marotaba uringan bo‘lsa ham bu  zararli odatni tashlay olmayaptilar. Malakali yordam uchun murojaat qilishni esa xohlamaydilar. Ular chekishni tashlay olishlariga ishonmaydilar. Ularning qaramligi umrboddir. Ular o‘zlarini oqlash uchun shunday narsalarni o‘ylab topmoqdalar", - deb hisoblaydi Vladimir Levshin.

Yangiliklar lentasi
0