Jahon banki O‘zbekistonga 1,2 milliard dollar kredit beradi

© AFP / Daniel SLIM Shtab-kvartira Vsemirnogo banka v Vashingtone
Shtab-kvartira Vsemirnogo banka v Vashingtone - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Jahon banki O‘zbekistonning krizisga qarshi dasturini qo‘llab-quvvatlash uchun oldingi ajratilgan 700 mln dollar kredit liniyasiga qo‘shimcha ravishda 1,2 milliard dollar ajratishga tayyor.

TOShKENT, 7 apr - Sputnik. Koronavirus pandemiyasining iqtisodiy oqibatlari bilan kurashda yordam sifatida Jahon banki O‘zbekistonga 1,2 milliard dollar* kredit ajratishga tayyor, deb xabar qilmoqda Tashqi savdo va investitsiyalar vazirligi matbuot xizmati. 

Ushbu haqida O‘zbekiston tashqi savdo va investitsiyalar vaziri Sardor Umurzakov va Jahon banki guruhining Evropa va Markaziy Osiyo mintaqasi bo‘yicha vitse-prezidenti Siril Muller bilan 6-aprel kuni bo‘lib o‘tgan videokonferensiya davomida kelishuvga erishildi, - deyilgan xabarda.

Bank rahbariyati hozirgi vaqtda sog‘liqni saqlash tizimini, ijtimoiy himoya institutlari va muassasalarini va budjet ko‘magini moliyalashtirish uchun 1,2 mlrd. AQSh dollari miqdorida mablag‘larni operativ ajratish masalasi ham faol ko‘rib chiqilayotganligini bildirdi.

Mazkur mablag‘lar joriy yilning mart oyida tasdiqlangan kommunal infratuzilmani modernizatsiya qilish loyihalarini va qishloq xo‘jalik  mahsulotlari ishlab chiqaruvchilarini moliyalashtirish uchun mo‘ljallangan 700 mln. dollar kredit liniyalariga qo‘shimcha bo‘ladi.

Shu qatorda, O‘zbekistondagi ijtimoiy-iqtisodiy vaziyatga koronavirus global pandemiyasi ko‘rsatgan ta’sirini yumshatishda Jahon banki ko‘magining imkoniyatlari va mexanizmlari kelishib olindi. Siril Muller O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti boshchiligida aholining ijtimoiy himoyasi darajasini oshirish va mamlakatda iqtisodiy faollikni qo‘llab-quvvatlash bo‘yicha  ayni paytdagi va o‘zini oqlagan choralarini yuqori baholadi.

Videokonferensiya yakunlari bo‘yicha S.Muller O‘zbekistonga moliyaviy ko‘mak ko‘rsatish masalasi ustuvor tartibda ko‘rib chiqilishiga ishontirdi. Shu bilan birga, tomonlar bunday videokonferensiya aloqalarni doimiy ravishda o‘tkazishga kelishdilar.

*Tashqi savdo va investitsiyalar vazirligi matbuot xizmati qo‘shimcha ma’lumotiga asosan 07.04.2020 soat 11:41da xabar o‘zgartirildi. 

Yangiliklar lentasi
0