OAV: Nadejda Babkina sun’iy komaga kiritildi

© Sputnik / Yevgeniya Novojenina / Mediabankka o‘tishPevitsa Nadejda Babkina
Pevitsa Nadejda Babkina - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Rossiyalik xonanda Nadejda Babkina tibbiy koma holatiga kiritildi va o‘pkaning sun’iy nafas apparatiga (IVL) ulandi.

TOShKENT, 7 apr - Sputnik. Rossiyalik xonanda Nadejda Babkina ikki tomonlama pnevmoniya sharoitida tibbiy koma holatiga kiritildi va o‘pkaning sun’iy nafas apparatiga (IVL) ulandi. Bu haqda RIA Novosti “MK” nashriga tayanib xabar qilmoqda.

Nashrning yozishicha, xonanda 1-aprel kuni kasalxonaga yotqizilgan. Shifokorlar koma holatiga kiritishga kasallikning klinik og‘irligi tufayli emas, balki IVL-apparatining samaraliroq ishlashi uchun qaror qilishgan.

Manbalarga ko‘ra, qo‘shiqchining ahvoli og‘ir, ammo barqaror va ijobiy. Xabar qilinishicha, Babkina tomonidan koronavirusga topshirilgan testlari manfiy chiqqan.

Peves Lev Leshenko s suprugoy Irinoy - Sputnik O‘zbekiston
Rossiya xalq artisti Lev Leshenko o‘zida koronavirus borligini taxmin qilmoqda

Avvalroq “Patiy” telekanali Babkina pnevmoniya tashxisi bilan Moskvadagi xususiy klinikalardan biriga yotqizilgani haqida xabar bergan edi. Xonandaning o‘g‘li Daniil Zasedatelev kanalga aytishicha, xonanda tibbiy muassasada koronavirusga test topshirgan. “Tashxis tasdiqlanmadi. Test (koronavirusga - tahr.) hammaga o‘tkazilmoqda”, - dedi u.

Mart oyi boshida Jahon sog‘liqni saqlash tashkiloti Xitoyning Uxanidan SARS-CoV-2 virusining butun dunyo bo‘ylab tarqalishini pandemiya deb e’lon qildi. JSST ma’lumotlariga ko‘ra, 1,21 milliondan ortiq odam koronavirus bilan kasallangan, deyarli 67,6 ming kishi vafot etgan.

O‘zbekistonda kasallanganlar soni 472 kishini tashkil etmoqda. 30 nafar kasallangan davo topdi. 2 kishi esa vafot etdi.

Rossiya, O‘zbekiston va dunyodagi COVID-19 bilan bog‘liq so‘nggi ma’lumotlar stopkoronavirus.rf va coronavirus.uz portallarida keltirilgan.

Yangiliklar lentasi
0