XVF va Jahon banki Ukrainadan yer sotishga qo‘yilgan ta’qiqni olib tashlashni talab qilmoqda

© Sputnik / Stringer / Mediabankka o‘tishZdanie Verxovnoy radi Ukraini v Kiyeve
Zdanie Verxovnoy radi Ukraini v Kiyeve - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Yangi qonunga ko‘ra, xorijiy fuqarolar Ukrainada yer sotib olish huquqiga ega bo‘lmaydi. Ularga yer sotib olishga ruxsat berish uchun umumxalq referendumi o‘tkazilishi kerak.

TOShKENT, 7 apr – Sputnik. Xalqaro valyuta fondi hamda Jahon banki yangi kredit liniyasi ochish  evaziga Ukraina hukumatidan qishloq xo‘jalik yerlarini sotishga ruxsat beruvchi qonun qabul qilishni talab qilmoqda. RIA Novosti xabariga asosan. 

Bu haqida Ukraina “Verxovniy Rada”si deputati Vasiliy Nimchenko 112 telekanali efirida xabar qildi.    

“Yer haqida qabul qilingan qonunning ushbu tahririni Jahon Banki va XVF hamda bugun Ukraina davlatini ta’minlab turgan xususiy investorlar ham qabul qilishmaydi”, - dedi deputat.

Biroz oldin Ukraina “Rada”si 2021-yilning 1-iyulidan boshlab Ukraina qishloq xo‘jalik yerlarini sotishga qo‘yilgan ta’qiqni olib tashlash haqida qonun qabul qilgan edi. Yangi qonun kuchga kirganidan so‘ng birinchi 2-yil davomida qoshloq xo‘jalik yerlarini faqat Ukraina fuqarolari bo‘lgan jismoniy shaxslar sotib olish huquqiga ega bo‘ladi. Bir kishi 100 gektargacha yer sotib olishi mumkin. 2024-yildan boshlab yer bozori ukraina yuridik shaxslari uchun ochiladi. Ular 10 000 gektargacha yer maydoni sotib olishlari mumkin bo‘ladi.  

Xorijiy fuqarolar Ukrainada yer sotib olish huquqiga ega bo‘lmaydi. Ularga yer sotib olishga ruxsat berish uchun Ukraina bo‘yicha umumxalq referendumi o‘tkazilishi kerak.

Yangiliklar lentasi
0