JSST vakili koronavirusning ilk alomatini aytdi

© AFP 2023 / Kim Won JinMeditsinskiy rabotnik izmerayet temperaturu posetitelnitse v meditsinskoy maske na vxode v bolnitsu v Pxenyane, Severnaya Koreya
Meditsinskiy rabotnik izmerayet temperaturu posetitelnitse v meditsinskoy maske na vxode v bolnitsu v Pxenyane, Severnaya Koreya - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Jahon sog‘liqni saqlash tashkiloti vakili Margaret Harris koronavirusni yuqtirib olishning birinchi alomati yuqori harorat ekanini aytdi.

TOShKENT, 6 apr — Sputnik. Koronavirusni yuqtirib olishning birinchi alomati yuqori haroratdir. Bu haqda Jahon sog‘liqni saqlash tashkiloti vakili Margaret Harris ma’lum qildi.

“Odamlar tun yarmida uyg‘onib ketib, ular o‘zlarini juda yomon his qilishgani, nimalar sodir bo‘lganini anglamaganlarini hikoya qilib berishadi”, - deydi Harris.

Vaksinatsiya  - Sputnik O‘zbekiston
Koronavirusning oddiy grippdan asosiy farqi aytildi

U shundan so‘ng bemorlarni titroq bosishini qo‘shimcha qildi.

“Eng oshkora alomat – bu isitmalab qaltirash va 38 darajadan yuqori harorat”, - deya Harris so‘zlaridan keltiradi RIA Novosti.

Uning so‘zlariga ko‘ra, 90 foizdan ziyod bemorlar bunga duch kelishgan.

Jahon Sog‘liqni saqlash tashkiloti 11-mart kuni yangi turdagi koronavirus infeksiyasi -  COVID-19 tarqalishini pandemiya deb e’lon qilgan edi. 6 aprel ertalabki holatga ko‘ra holatiga dunyoning 200 dan ortiq davlatida jami 1,2 mln nafardan ziyod kishida koronavirus infeksiyasi aniqlangan. Ulardan 264 833 nafari sog‘aygan, 60 mingga yaqin kishi  vafot etgan.

O‘zbekistonda koronavirus infeksiyasi aniqlanganlar soni 390 nafarni tashkil etmoqda. Ushbu kasallikdan 30 kishi butunlay sog‘ayib ketgan.

Yangiliklar lentasi
0