Avtomobillarga stiker berish tartibi qayta ko‘rib chiqildi

Obuna bo‘lish
Ariza beruvchi ruxsatnoma olish uchun Yagona interaktiv davlat xizmatlari portali (YaIDXP)da ro‘yxatdan o‘tadi. To‘lov undirilmaydi.

TOShKENT, 31 mar — Sputnik. O‘zbekistonda karantin vaqtida avtomobilda harakatlanish uchun maxsus ruxsatnoma berishning tartibi qayta ko‘rib chiqildi.

Vaqtinchalik tartibga ko‘ra, ruxsatnoma ariza beruvchining tegishli avtotransport vositalariga viloyatlararo, Toshkent va Nukus shaharlari hamda viloyatlar markazlarida harakatlanish huquqini beradi.

Ruxsatnoma DXMlar tomonidan  beriladi. Ruxsatnoma berilganligi uchun to‘lov undirilmaydi. Ariza beruvchi ruxsatnoma olish uchun Yagona interaktiv davlat xizmatlari portali (YaIDXP)da ro‘yxatdan o‘tadi va mustaqil ravishda so‘rovnomani elektron shaklda to‘ldiradi.

So‘rovnomaga ruxsatnoma olish uchun asos bo‘lgan hujjat nusxasi (litsenziyalanadigan faoliyat turi bo‘yicha litsenziya, ruxsat etish xususiyatiga ega hujjat, xodimning mehnat daftarchasi va lavozimga tayinlanganligi to‘g‘risida buyruq, avtotransport vositasi ijara yoki ishonchnoma asosida foydalanilganda ijara shartnomasi yoki ishonchnoma) ilova qilinadi.

Avtomobilnoe dvijenie v Tashkente - Sputnik O‘zbekiston
Avtotransport cheklovlari butun O‘zbekiston hududi uchunmi?

DXM ariza rasmiylashtirilgandan so‘ng 8 ish soati ichida QR-kod  qo‘yilgan ruxsatnomani yoki ruxsatnoma berishni rad etish xabarnomasini shakllantirib, ariza beruvchini axborot-kommunikatsiya texnologiyalari orqali xabardor qiladi.

Ariza beruvchi xabarnoma olgandan keyin 1 ish kuni ichida DXMga ruxsatnomani olish uchun o‘zi kelib murojaat etadi.

Bunda, DXM tomonidan yuborilgan xabarnoma ariza beruvchining avtotransport vositasida DXMgacha harakatlanishiga asos hisoblanadi.

Maxsus ruxsatnomasiz mashina boshqargan haydovchiga qanday chora ko‘riladi?

DXMga kelgan ariza beruvchiga muhr bosilgan ruxsatnoma va stiker ruxsatnomalar reyestrida imzo qo‘ydirgan holda taqdim etiladi.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq 2020-yil 30-martdan 20-aprelga qadar viloyatlararo, Toshkent va Nukus shaharlari hamda viloyatlar markazlarida shaxsiy manfaat yo‘lida avtomobildan foydalanish qat’iyan man etilgani xabar qilingan edi. Boshqa shahar va tumanlarda avtotransport haydashda bunday cheklovlar o‘rnatilmaydi. Stiker olish ham shart bo‘lmaydi.

Yangiliklar lentasi
0