TOShKENT, 25 mar — Sputnik. O‘zbekistonda yana besh kishida koronavirus infeksiyasi aniqlandi. Bu haqda Sog‘liqni saqlash vazirligi matbuot xizmati xabar qilmoqda.
"Ayni paytgacha O‘zbekistonda koronavirus infeksiyasi bilan kasallanganlar 5 nafarga oshib, ularning umumiy soni 55 nafarni tashkil etmoqda", - deyilgan xabarda.
Sog‘liqni saqlash vazirligi mutasaddi vazirlik va idoralar bilan hamkorlikda epidemiologik surishtiruv hamda koronavirus infeksiyasining tarqalib ketmasligi uchun barcha profilaktik chora-tadbirlarni amalga oshirmoqda.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq O‘zbekistonda koronavirus aniqlanganlar 49 nafar fuqaroning yoshi va jinsiga oydinlik kiritilgani xabar qilingan edi.